Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganda mehnat shartnomasi taraflarining aralash javobgarligi


Download 154.93 Kb.
bet81/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

191-modda. Xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganda mehnat shartnomasi taraflarining aralash javobgarligi
Agar jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishi yoki ko‘payishiga sabab bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.
Jabrlanuvchi tomonidan qo‘pol ehtiyotsizlik qilingan va ish beruvchining aybi bo‘lmagan hollarda, uning aybidan qat’i nazar javobgarlik kelib chiqadigan bo‘lsa (189-moddaning to‘rtinchi qismi), to‘lanadigan zarar miqdori ham shunga muvofiq ravishda kamaytiriladi. Bunday vaqtda zararni to‘lashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aralash javobgarlik to‘lanishi lozim bo‘lgan zararning qo‘shimcha turlariga, bir yo‘la beriladigan nafaqaga, shuningdek boquvchining vafoti munosabati bilan zararni to‘lash hollariga tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”ning 5-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 15-bandi.
192-modda. Boquvchining vafot etganligi munosabati bilan zararni ish beruvchi tomonidan to‘lash majburiyati
Xodim mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda, ish beruvchi marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek o‘n olti yoshga to‘lmagan yoki u vafot etgan kunga qadar undan ta’minot olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga, marhumning vafotidan keyin tug‘ilgan farzandiga, shuningdek ota-onasidan biriga, umr yo‘ldoshiga yoki oilaning boshqa a’zosiga, agar u ishlamasdan marhumning uch yoshga yetmagan bolalari (ukalari, singillari) yoki nevaralarining parvarishi bilan band bo‘lsa, zararni to‘lashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 8-bandi.
Qaramoqda bo‘lish farazan olinadi va buning uchun dalil talab etilmaydi.
Quyidagilar mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n olti yoshdan katta shaxslar, agar ular shu yoshga to‘lgunga qadar nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan bo‘lsalar;
(192-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
oltmish yoshga to‘lgan erkaklar va ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi bo‘lgan shaxs.
(192-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oila a’zosining mehnatga qobiliyatsizligi boshlangan vaqt (boquvchining vafotiga qadar yoki undan keyin) uning zararni undirishga bo‘lgan huquqiga ta’sir etmaydi.
O‘n olti yoshdagi va undan katta o‘quvchilar, o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qishni tugatgunlarigacha, lekin o‘n sakkiz yoshga qadar bo‘lgan davrda, zararni undirish huquqiga egadirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1009-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”ning IV bobi (“Boquvchining vafoti sababli zararni to‘lash”).

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling