Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Zararni undirish haqidagi qaror ustidan shikoyat qilish huquqi


Download 154.93 Kb.
bet89/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

209-modda. Zararni undirish haqidagi qaror ustidan shikoyat qilish huquqi
Ish beruvchining mol-mulkiga yetkazilgan zararni undirish haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi II bo‘limining 23-bobi (“Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish”).
210-modda. Xodimdan undiriladigan zarar miqdorining sud tomonidan kamaytirilishi
Sud aybning darajasi va shaklini, aniq holatlarni va xodimning moddiy ahvolini hisobga olib undiriladigan zarar miqdorini kamaytirishi mumkin.
Sud undiriladigan zarar miqdorini kamaytirish haqidagi kelishuv bitimini tasdiqlashga haqlidir.
Xodimdan undiriladigan zararning miqdorini, agar zarar g‘arazli maqsadlar bilan sodir qilingan jinoyat natijasida yetkazilgan bo‘lsa, kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
XIII BOB. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh
211-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom (ro‘yxat raqami: 273, 14.08.1996-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi.
(211-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari.
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling