Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va yo‘riqnomalariga rioya etish majburiyati


Download 154.93 Kb.
bet90/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

212-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va yo‘riqnomalariga rioya etish majburiyati
Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo‘riqnomalariga, shuningdek ma’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida o‘zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uchastka boshlig‘i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart.
213-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog‘liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 23-moddasi uchinchi qismining beshinchi xatboshisi.
214-modda. Tibbiy ko‘rik
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
(214-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
Oldingi tahrirga qarang.
umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari.
(214-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 2.4-bandi.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlarning ro‘yxati va ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 29.08.2012-y.).
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
Xodimlarning mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishga haqlidir.
Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 24-moddasi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling