Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Ish beruvchining zarar miqdorini belgilash va uning kelib chiqish sababini aniqlash majburiyati


Download 154.93 Kb.
bet87/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

204-modda. Ish beruvchining zarar miqdorini belgilash va uning kelib chiqish sababini aniqlash majburiyati
Ish beruvchi zararni muayyan xodimlardan undirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin yetkazilgan zarar miqdorini belgilash va uning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida tekshirish o‘tkazishi shart. Bunday tekshirish o‘tkazilishi uchun ish beruvchi tegishli mutaxassislar ishtirokida komissiya tuzishga haqli.
Zararning kelib chiqish sababini aniqlash uchun xodimdan tushuntirish xati talab qilinishi shart. Xodimning tushuntirish xati berishdan bo‘yin tovlashi ish beruvchi uni yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlikka tortishiga mone bo‘la olmaydi. Xodim barcha tekshirish materiallari bilan tanishish huquqiga ega.
205-modda. Ish beruvchining mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini belgilash
Ish beruvchiga yetkazilgan zarar miqdori haqiqiy yo‘qotishlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida belgilanadi.
Ish beruvchining asosiy fondlarga (vositalarga) taalluqli mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdori moddiy qimmatliklarning balans qiymatidan (tannarxidan) eskirish qiymatini belgilangan normalar bo‘yicha chegirib tashlagan holda hisoblab chiqariladi.
Ish beruvchining asosiy vositalarga taalluqli mol-mulki talon-toroj qilingan, kamomad bo‘lgan, qasddan yo‘q qilingan yoki qasddan buzilgan taqdirda, shuningdek boshqa hollarda zarar miqdori vakolatli organ tomonidan ish ko‘rilgan kuni shu joyda amalda bo‘lgan bozor narxlari bo‘yicha hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkning va boshqa qimmatliklarning ayrim turlarini talon-toroj qilish, kamomad yoki yo‘q qilish bilan ish beruvchiga yetkazilgan zararning haqiqiy miqdori uning nominal miqdoridan oshib ketgan hollarda bunday zarar miqdorini aniqlashning, shu jumladan karralash yo‘li bilan hisoblab chiqishning alohida tartibi qonunchilikda belgilab qo‘yilishi mumkin.
(205-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling