Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Tovarlar va xizmatlar. Tovarlar (xizmatlar) bozori


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

45-modda. Tovarlar va xizmatlar. Tovarlar (xizmatlar) bozori
Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intellektual faoliyatning) qiymat
bahosiga ega bo‘lgan va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan har qanday predmeti tovar deb
e’tirof etiladi.
Tovarlar deb, xususan, elektr energiyasi, ma’lumotlar bazasi, axborot, intellektual faoliyat
natijalari, shu jumladan ularga bo‘lgan mutlaq huquqlar e’tirof etiladi.
Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb e’tirof etiladi.
Nomoddiy xususiyatga ega bo‘lgan, pulda ifodalangan bahoga ega mol-mulkka
qaratilgan va ushbu mol-mulkdan mustaqil ravishda, unga bog‘liq bo‘lmagan holda
muomalada bo‘lishga qodir (oldi-sotdi shartnomasining obyekti yoxud shartnomada yoki
boshqa tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilgan, ushbu mulkiy huquqqa egalik qilish, undan
foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan, o‘z mulkdoridan o‘zga shaxsga
boshqacha tarzda o‘tkazish obyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan) fuqaroviy huquq obyekti soliq
solish maqsadida mulkiy huquq deb e’tirof etiladi.
Mulkiy huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi, chunonchi: kreditorning qarzdorga talab
qo‘yish huquqi, xo‘jalik jamiyatining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushi,
qimmatli qog‘ozlar, muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk obyektiga
bo‘lgan huquqi, shuningdek huquqlarning zamirida yotgan mol-mulk bilan bog‘liq, sotilishi yoki
o‘z mulkdoridan o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan boshqa turlari.
Ashyoning o‘zini o‘tkazmay turib, mustaqil muomalada bo‘lishi mumkin bo‘lmagan
ashyoviy huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tovarlar jumlasiga boshqa mol-mulk kiritilishi
mumkin.


(45-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan mahsulotlarni (moddiy yoki
nomoddiy) ishlab chiqarishga doir tadbirkorlik faoliyatining turlari, shuningdek boshqa shaxslar
uchun bajariladigan ishlar soliq solish maqsadida xizmatlar deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxslarning ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasidagi faoliyati
xizmatlar jumlasiga kirmaydi.
Bir xil xususiyatli asosiy belgilarga ega bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) soliq solish maqsadida
aynan o‘xshash tovarlar (xizmatlar) deb e’tirof etiladi.
Tovarlarning aynan o‘xshashligini aniqlashda bunday tovarlarning tashqi ko‘rinishidagi
arzimas farqlar hisobga olinmasligi mumkin.
Tovarlarning aynan o‘xshashligini aniqlashda ularning fizik xususiyatlari, sifati,
mo‘ljallangan vazifasi, kelib chiqqan mamlakati va ishlab chiqaruvchisi, uning bozordagi
ishbilarmonlik obro‘si hamda foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi.
Xizmatlarning aynan o‘xshashligini aniqlashda bajaruvchining (pudratchining)
xususiyatlari, uning bozordagi ishbilarmonlik obro‘si va foydalaniladigan tovar belgisi hisobga
olinadi.
Aynan o‘xshash bo‘lmagan holda, bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan hamda ayni bir vazifani
bajarish imkoniyatini beradigan o‘xshash tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan va (yoki) tijorat
jihatidan bir-birining o‘rnini bosa oladigan tovarlar ushbu Kodeksning maqsadlari uchun bir
turdagi tovarlar deb e’tirof etiladi.
Tovarlarning bir turdaligini aniqlashda, ularning sifati, bozordagi mavqeyi, tovar belgisi,
kelib chiqqan mamlakati hisobga olinadi.
Aynan o‘xshash bo‘lmagan holda, tijorat jihatidan va (yoki) bajaradigan vazifasi jihatidan
bir-birining o‘rnini bosish imkoniyatini beradigan bir xil xususiyatlarga ega xizmatlar bir turdagi
xizmatlar deb e’tirof etiladi.
Xizmatlarning bir turdaligini aniqlashda ularning sifati, tovar belgisi, bozordagi mavqeyi,
shuningdek turlari, hajmlari, noyobligi va tijorat jihatidan bir-birining o‘rnini bosa olishi hisobga
olinadi.
Tovarlarning muomalada bo‘lish sohasi tovarlar bozori deb e’tirof etiladi, bu soha
xaridorning (sotuvchining) bu tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning
hududidan tashqarida uncha ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha xarajatlarsiz olish (realizatsiya qilish)
imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xizmatlar bozori ham xuddi shunday tartibda
belgilanadi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling