Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi
Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning 
ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida
boshqacha
qoida belgilanmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda tugatiladi:
soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘langanda yoki soliq agenti tomonidan o‘tkazib
berilganda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq majburiyatini tugatish bilan bog‘liq boshqa
holatlar yuzaga kelganda.
(87-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
mazkur shaxs vafot etganda;
uni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda.
Vafot etgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu
Kodeksning 
94-moddasida
belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida
merosxo‘rlardan undiriladi.
Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
ushbu Kodeksning 
91-moddasiga
muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar
amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
91-moddasi
.
ushbu Kodeksning 
92-moddasiga
muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar
amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
92-moddasi
.
88-modda. Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini o‘tkazishga, tekshiruv natijalari
bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuborishga yoki soliq
to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar miqdorini qayta ko‘rib
chiqishga haqli bo‘lgan muddat soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati hisoblanadi.
(88-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha
da’vo qilish muddati, natijalariga ko‘ra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan
keyin besh yilni tashkil etadi. Agar soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqea yoki
harakat bilan bog‘liq bo‘lsa, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq
majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati shu voqea yoki harakat sodir bo‘lgan paytdan
e’tiboran besh yilni tashkil etadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 84-moddasining 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan hollarda da’vo qilish
muddati soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra soliq to‘lovchi tomonidan soliq stavkasi,
to‘lanadigan soliq miqdori, soliq imtiyozi yoki soliq chegirmasi qo‘llanilishi va (yoki) soliqni to‘lash
muddati o‘zgarishi bilan bog‘liq shartlarning amal qilish muddatiga uzaytiriladi.


(88-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatining o‘tishi fuqarolik qonunchiligiga
muvofiq to‘xtatib turiladi, uziladi va qayta tiklanadi.
(88-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 
12-bobi
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling