Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
9) qonunchilikda belgilanadigan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat
faoliyati natijasida olingan daromadlari, shu jumladan talabalarning O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va
boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari;
(369-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
10) O‘zbekiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik
shaxslar tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha daromadlar.
Soliq agentlarining ushbu Kodeksning 
386-moddasida
nazarda tutilgan jismoniy shaxs
foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga soliq to‘lovchining daromadi sifatida
qaralmaydi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarni qonunchilikda
belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho‘r suv, shaxsiy himoya
va gigiyena vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlari;
(369-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar, shu jumladan
a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan
kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan
pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar mustasno;
3) favqulodda holatlar munosabati bilan yetkazilgan zararlar summasi doirasida
beriladigan moddiy yordam summalari;
4) xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish bo‘yicha xarajatlari;
5) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o‘tkazish, vakillik xarajatlari,
shahar yo‘lovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo‘l
kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish
sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi
hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
6) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus
poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish
munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim
toifadagi xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha
xarajatlar;
(369-modda ikkinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.


7) xodim boshqa joyga ishga o‘tkazilganda yoxud ko‘chib borganda ko‘chish, mol-mulkini
ko‘chirib borishga, joy ijarasiga (yo‘l xarajatlari uchun beriladigan pul) oid xarajatlarni to‘lash yoki
bu xarajatlarning o‘rnini qoplash xarajatlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan
budjet tashkilotlariga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan bakalavriatni yoki
magistraturani tamomlagandan so‘ng uch yil ichida ishga qabul qilingan xodimlarga,
shuningdek mazkur olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan oilaviy shifokorlik
punktlariga va oilaviy poliklinikalarga hamda ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan, boshqa
hududlarda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga to‘lanadigan
boshlang‘ich yordam puli;

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling