Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

Oldingi
 tahrirga qarang.
(378-moddaning 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuniga 
asosan 2023-yil 1-apreldan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y.,
03/22/812/1145-son)
16) soliq to‘lovchining quyidagilarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi
va boshqa daromadlari:
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining,
shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi)
uchun to‘lov. Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish
uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga
yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi;
(378-modda 16-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi
O‘RQ-741-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan
ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun
to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar;
(378-moddaning 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli
Qonuniga 
asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-


y., 03/22/785/0679-son — ushbu xatboshining qoidalari 2022-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan
munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda, metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami
mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravarigacha bo‘lgan miqdorda
qoplashga, basharti uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki
rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini
qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan
bo‘lsa. Mazkur soliq imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti
ularning soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa,
tatbiq etiladi. Bunda yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular
bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga
nisbatan soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga to‘lguniga qadar, ushbu
xatboshida budjetdan ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan
holda qo‘llaniladi. Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan
yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari ko‘chmas mulkka
bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida boshqa
shaxsga o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qo‘llashning butun
davri uchun soliqni to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi;
(378-modda 16-bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi
O‘RQ-812-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son
— 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamg‘arib
boriladigan pensiya hisobvaraqlariga;
17) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo‘yicha) olingan
ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar bu ulushlarni, paylarni va aksiyalarni
berish yaqin qarindoshlar o‘rtasida amalga oshirilsa.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi
uchun ro‘yxatdan o‘tish mamlakatining qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda
tutilmagan bo‘lsa, o‘sha chet el yuridik shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday
huquqlar ularni bir oilaning a’zolari va (yoki) yaqin qarindoshlar bo‘lgan shaxslar o‘rtasida
o‘tkazish natijasida olingan bo‘lsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining
yuzaga kelishi deb e’tirof etilmaydi;
(378-modda 17-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
18) paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq
to‘lovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari;
Oldingi
 tahrirga qarang.
19) soliq to‘lovchi bo‘lgan qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonunchilikda
belgilangan tartibda qazib olish yo‘li bilan ega bo‘lgan qimmatbaho metallarni realizatsiya
qilishdan olgan daromadlari;
(378-moddaning 19-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
19 ) soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari;
(378-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
19 -band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son —
2021-yil 1-oktabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.)
Oldingi
 tahrirga qarang.
20) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya
jamg‘armalari tomonidan soliq to‘lovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablag‘lari
1
1


tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida o‘n besh million so‘mdan
oshmagan holda;
(378-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli 
Qonuniga 
asosan
20-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son
— 2020-yil 1-apreldan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.)
Oldingi
 tahrirga qarang.
21) soliq to‘lovchining soliq davri davomida quyidagilarni to‘lash uchun yo‘naltiriladigan,
bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi ish haqi summalari va
boshqa daromadlari:
xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini, tegishli xalqaro tashkilot a’zosi sifatida bunday
badallarning to‘langanligi to‘g‘risida hujjat mavjud bo‘lganda;
qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga to‘lovlarni, kursni
tugatganlik to‘g‘risida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lganda.
(378-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
21-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son — 2021-
yil 1-oktabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling