55-bob. Soliq stavkalari. Soliq davri
381-modda. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar
uchun soliq stavkalari
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga, agar ushbu
moddaning
ikkinchi qismida
boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 12 foizlik soliq stavkasi
bo‘yicha soliq solinadi.
Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 5 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
382-modda. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar
uchun soliq stavkalari
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning O‘zbekiston
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga quyidagi soliq stavkalar bo‘yicha soliq
solinadi:
T/r
Soliq obyekti
Soliq stavkalari,
foizlarda
1 Dividendlar va foizlar
10
2 Ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim
etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar).
6
3 Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar
bo‘yicha olingan daromadlar, 1 va 2-bandlarda ko‘rsatilmagan boshqa daromadlar
12
(382-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son — ushbu modda 3-bandining
qoidalari 2022-yil 1-maydan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Oldingi
tahrirga qarang.
383-modda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari
Oldingi
tahrirga qarang.
Soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi
quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |