Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
T/r
Faoliyat turi Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda) Toshkent shahri Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar boshqa shaharlar boshqa aholi punktlari 1. Chakana savdo: oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan 825 000 660 000 330 000 220 000 dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan 275 000 165 000 110 000 55 000 gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan 275 000 165 000 110 000 55 000 2. Maishiy xizmatlar 275 000 165 000 110 000 55 000 3. Boshqa faoliyat turlari 250 000 165 000 110 000 55 000 4. Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari: 3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 165 000 3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun 250 000 (383-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1- yanvardan kuchga kiradi) Soliq to‘lovchi: bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lanadi; tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishga majbur; I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi; “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘lashdan ozod etiladi; bolalar o‘yin avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi birinchi qismida belgilangan stavkada soliq solinadi. Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli. (383-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling