Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

388-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish
tartibi
Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq davrida
olgan daromadlari, jismoniy shaxslarga to‘lov manbaida qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab
chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.


Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahliliy ma’lumotlarini hamda
birlamchi hisobga olish hujjatlari ma’lumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan
mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Mazkur shakllarda soliq to‘lovchini identifikatsiya qilish
imkonini beradigan ma’lumotlar, soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan daromad turlari va to‘lov
manbaida unga qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, ularni to‘lash sanasi, soliq to‘lovchining maqomi,
soliqni ushlab qolish va to‘lash sanasi ko‘rsatilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun O‘zbekiston
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solish soliq agentlari tomonidan
soliq bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq agentlari soliq to‘lovchining ushbu Kodeksning 
387-moddasida
ko‘rsatilgan
daromadlaridan hisoblangan soliq summasini ushlab qolishi shart.
Soliqning hisoblangan summasini soliq to‘lovchidan ushlab qolish, soliq agenti soliq
to‘lovchiga to‘layotgan har qanday pul mablag‘lari hisobidan, bu pul mablag‘lari soliq to‘lovchiga
yoki uning topshirig‘iga binoan uchinchi shaxslarga to‘lanayotganda amalga oshiriladi.
Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu bo‘limda belgilangan soliq bazasi
hamda soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan
e’tiboran har oyda ortib boruvchi yakun bilan soliq to‘lovchining ish joyi bo‘yicha soliq agenti
tomonidan amalga oshiriladi.
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa soliq agentlaridan sovg‘a, moddiy yordam va
boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini qayta hisob-kitob qilish
jismoniy shaxs yillik jami daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshirganda soliq organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi joriy yilda
o‘ziga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani
yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyidagi soliq agentiga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar
taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, o‘qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, soliq ushbu Kodeks 378-
moddasi 1-bandining 
uchinchi xatboshisida
va 
380-moddasida
nazarda tutilgan imtiyozlar
qo‘llanilmagan holda ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va soliq to‘lovchining identifikatsiya
raqami taqdim etilgan taqdirda, soliq summasi ilgari asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan
daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida soliqni hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan
e’tiboran ilgarigi va yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilingandan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan to‘lov
amalga oshirilganda, bunday to‘lovlar ushbu Kodeks 378-moddasi 1-bandining 
uchinchi
xatboshisida
 va 
380-moddasida
 nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qo‘llanilmagan holda soliqqa
tortiladi.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning
yakuniy summasi jami yillik daromad to‘g‘risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari
bo‘yicha soliq organi tomonidan hisoblab chiqariladi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling