Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

379-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish
Quyidagilarning daromadlariga soliq solinmaydi:
1) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik
muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar
ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa — O‘zbekiston Respublikasidagi
manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan
daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha;
2) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik
xodimlari hamda ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, —
O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan
bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha;
3) chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat
ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa — o‘z xizmati yuzasidan oladigan
barcha daromadlari bo‘yicha;
4) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining
uylarida ishlovchilar, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashamasa — o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari
bo‘yicha;
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari — agar ular O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha.
380-modda. Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarning jami daromadini kamaytirish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagi soliq to‘lovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa,
o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari
miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 
3-bandida
ko‘rsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga
haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etiladi:
(380-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 5-maydagi
O‘RQ-767-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 03/22/767/0386-
son — 2022-yil 1-martdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.)
1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga
sazovor bo‘lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Bu
imtiyoz tegishincha “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet
Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari
bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.


2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan
belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining
(qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud
boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga
(qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi
to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi;
(380-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-
770-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling