Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

XVIII BO‘LIM.
ER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ
64-bob. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
449-modda. Soliq to‘lovchilar
O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki)
texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu
bo‘limda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik
va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon
ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin
izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho
metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism
bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.
450-modda. Soliq solish obyekti
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb
yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir:
agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi;
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning,
shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan
hajmi.
(450-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish),
birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida
yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlar hajmini chegirgan holda, qonunchilikda belgilangan
tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud
bo‘lmaganda esa — soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi.
(450-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi
ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yo‘qotishlar texnologik
yo‘qotishlar deb e’tirof etiladi, xususan:
Oldingi
 tahrirga qarang.
foydali qazilmalarni qazib olish chog‘idagi yo‘qotishlar (bundan normadan ortiq
yo‘qotishlar mustasno), shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib bo‘lmaydigan zaxiralari);
(450-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-
dekabrdagi O‘RQ-812-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y.,
03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chog‘idagi yo‘qotishlar;
qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl
doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi.
Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi:
soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan)
hamda shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali
qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonunchilikda belgilanadi;


qonunchilikda belgilangan tartibda daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni
mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar,
bundan realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling