Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

451-modda. Soliq bazasi
Soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib
olingan) foydali qazilmaga nisbatan aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Quyidagilar soliq bazasidir:
agar ushbu qismning 
uchinchi xatboshisida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati;
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning,
shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan
hajmi qiymati.
Agar ushbu moddaning 
to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlarida
boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi
yakun bilan aniqlanadi va soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi
bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
(451-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi
O‘RQ-812-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son
— 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan
(ajratib olingan) foydali qazilma bo‘yicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini
(qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya
qilish hajmiga bo‘lish orqali alohida aniqlanadi.
Agar qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan shaxsiy ishlab chiqarish yoki xo‘jalik
ehtiyojlari uchun qisman foydalanilsa, soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali
qazilmaning butun hajmi hisobida, ushbu foydali qazilmaning o‘rtacha olingan realizatsiya qilish
bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq (hisobot) davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi
realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi soliq (hisobot) davrida foydali qazilmani realizatsiya
qilishning o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) boshlanganidan buyon ular realizatsiya
qilinmagan taqdirda, soliq bazasi soliq (hisobot) davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib
olishning (ajratib olishning) 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan birinchi hisobot
davrida hisoblangan soliq summasiga hisobot davrida shakllangan o‘rtacha olingan narxidan
kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan to‘laligicha shaxsiy ishlab chiqarish yoki
xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan)
foydali qazilmaning 20 foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchi qazib olingan tabiiy gazni, neftni va (yoki) gaz kondensatini qayta ishlashni
mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida amalga oshirgan
hollarda, soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish
bahosidan kelib chiqqan, ularni keyinchalik qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq
to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
(451-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil
1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar ushbu Kodeksning 
451 -moddasida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek nodir elementlarni hamda nodir yer
1


elementlarini qazib olishda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalarni realizatsiya qilishning o‘rtacha
olingan narxidan kelib chiqqan, keyinchalik ularni qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki)
transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
(451-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlarida, shuningdek ushbu Kodeksning
451 -moddasida 
nazarda tutilgan foydali qazilmalarga nisbatan soliq bazasini aniqlash chog‘ida,
qazib olingan foydali qazilmalarni transportda tashish va (yoki) qayta ishlash, shu jumladan
ularni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar
summasi soliq to‘lovchi tomonidan soliq organlari bilan birgalikda aniqlanadi. Mazkur
xarajatlarning summasi kalendar yil natijalariga ko‘ra shunga o‘xshash tartibda tuzatilishi
mumkin.
(451-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli 
Qonuniga 
asosan
o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-
son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Foydali qazilmalarning ayrim turlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos
xususiyatlari ushbu Kodeksning 
451 -moddasida
 belgilanadi.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling