Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


 -modda. Soliq stavkalari


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

454 -modda. Soliq stavkalari
Minimal soliq stavkasi, agar ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
boshqacha qoida
belgilanmagan bo‘lsa, soliq bazasiga nisbatan 25 foiz miqdorida belgilanadi.
Yer qa’ri uchastkasidan geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanish yoki ahamiyatli
tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan, avval qidiruv o‘tkazilgan yer qa’ri uchastkasida alohida obyektlar
bo‘yicha metallarni yoxud uglevodorod xomashyosini qazib olish huquqi tanlov savdolariga
qo‘yilganda, tanlov savdolarining tashkilotchisi yoki tanlov savdolarining ishtirokchilari soliq
stavkasining oshirilgan miqdorini taklif qilishga haqli. Bunda soliq to‘lovchi soliqlarni oshirilgan
soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
454 -modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Yilning choragi hisobot davridir.
454 -modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni
to‘lash tartibi
Soliq to‘lovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning 
454 -moddasiga
muvofiq
aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.
Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi bo‘yicha milliy valyutada qayta hisob-
kitob qilinadi.
Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq to‘lovchi tomonidan
har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
renta zarari mavjud bo‘lgan davrda — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-
martidan kechiktirmay;
soliq bazasi mavjud bo‘lgan davrda — har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot
davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa hisobot davridan
5
6
7
4


keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Soliqni to‘lash har chorakda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari
bo‘yicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(XVIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son — Ushbu bo‘limning
qoidalari metallarni va uglevodorod xomashyosini qazib olish 2022-yil 1-yanvardan keyin boshlanadigan
litsenziya olingan yer uchastkalariga nisbatan qo‘llaniladi.)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling