Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
454 -modda. Soliq bazasi
Renta daromadining summasi soliq bazasi hisoblanadi, renta zarari mavjud bo‘lganda esa soliq bazasi nolga teng deb e’tirof etiladi. Soliq bazasi ushbu Kodeksning 454 -moddasida o‘ziga nisbatan renta daromadini aniqlash nazarda tutilgan yer qa’rining har bir litsenziyalangan uchastkasi (litsenziyalangan uchastkalar guruhi) bo‘yicha alohida hisoblab chiqariladi. Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. Metallarni va uglevodorod xomashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq bazasini AQSh dollarida aniqlash huquqiga ega. Agar birinchi soliq davri yakunlariga ko‘ra renta zarari olingan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bunday zarar miqdorini keyinchalik “jamg‘arilgan renta zarari” maxsus hisobvarag‘ida AQSh dollarida, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilanadigan valyutaning o‘rtacha yillik almashuv kursi bo‘yicha hisobga olishga haqli. Bunda har bir keyingi soliq davrida ushbu hisobvaraqda hisobga olinadigan summa joriy yilning 31-dekabr holatiga ko‘ra AQSh dollarida nominatsiya qilingan, 2 foizlik punktga oshirilgan, to‘lanish muddati o‘n yil (2031-yilgacha) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining daromadliligidan kelib chiqib aniqlanadigan koeffitsiyentga oshiriladi. Soliq davri uchun o‘rtacha yillik kurs soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy soliq davrida 1-yanvar va 31-dekabr uchun belgilangan kurslarini qo‘shish chog‘ida olingan summani 2 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan kundan e’tiboran boshlanadigan soliq davri soliq to‘lovchi litsenziyalangan muayyan uchastkaga (litsenziyalangan uchastkalar guruhiga) nisbatan soliq bazasini aniqlashi shart bo‘lgan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Agar bunda ko‘rsatilgan ruxsatnoma (litsenziya) 1-iyuldan keyin olingan bo‘lsa, metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanadan keyingi kalendar yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan vaqt ushbu litsenziyalangan uchastkaga nisbatan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Soliq to‘lovchi tarixiy xarajatlarni birinchi soliq davrining xarajatlariga kiritishga haqli. Soliq to‘lovchi tomonidan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanaga qadar haqiqatda amalga oshirilgan va tegishli litsenziyalangan uchastka bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar tarixiy xarajatlar jumlasiga kiradi: 1) geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga va (yoki) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga, shuningdek metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqini olishga; 2) yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga; 3) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun tayyorgarlik ishlariga. Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirish sanasi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq belgilanadi. Agar yaratish (olish) xarajatlari kapital xarajatlar tarkibida hisobga olingan aktivlardan keyinchalik metallni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga) doir ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanilmasa, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan koeffitsiyent ularni olish xarajatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Agar soliq davri yakunlari bo‘yicha renta daromadi olingan bo‘lsa, soliq bazasi jamg‘arilgan renta zarari summasiga kamaytiriladi, renta daromadi jamg‘arilgan renta zararining to‘liq 4 3 summasi o‘rnini qoplash uchun yetarli bo‘lmaganda esa — renta daromadi summasiga kamaytiriladi. Bunda jamg‘arilgan renta zarari summasi renta daromadini kamaytirishga qaratilgan summaga kamaytiriladi. Soliq davri renta daromadi bilan tugaganidan keyin soliq to‘lovchi kapital xarajatlarni amalga oshirgan va hisobot soliq davri yakunlari bo‘yicha renta zararini olgan hollarda, bu zarar “jamg‘arilgan renta zarari” maxsus hisobvarag‘iga kiritiladi va unga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi. Ushbu moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda keyingi soliq davrida “jamg‘arilgan renta zarari” hisobvarag‘ida hisobga olinadigan summa ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan miqdorda koeffitsiyent bilan ham indeksatsiya qilinadi. Agar jamg‘arilgan renta zarari to‘langanidan va renta daromadi shakllanganidan keyin soliq to‘lovchida yangidan renta zarari yuzaga kelsa, ko‘rsatilgan zararning o‘rni mazkur moddaning o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi qismlarida belgilangan tartibga o‘xshash tartibda qoplanadi. Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi bir yuridik shaxsdan boshqasiga o‘tkazilganda, sotilgan sanada birinchi yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan renta zararining qoldig‘i ushbu moddaning beshinchi qismida aniqlanadigan koeffitsiyent hisobga olingan holda ikkinchi yuridik shaxsga o‘tadi. Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnomaning (litsenziyaning) amal qilish davrida o‘rni qoplanmagan jamg‘arilgan renta zarari soliq to‘lovchiga kompensatsiya qilinmaydi. Soliq to‘lovchi renta daromadiga (renta zarariga) tegishli xarajatlari va daromadlarining hisobini yuritishi hamda ular bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishi, shuningdek majburiy auditdan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda har yili mazkur xarajatlar va daromadlarning auditini amalga oshirishi shart. Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling