Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

XVIII BO‘LIM.
FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLGANLIK UChUN MAXSUS RENTA SOLIG‘I
64 -bob. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini hisoblab
chiqarish va to‘lash
454 -modda. Soliq to‘lovchilar
Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer
elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi,
shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib
olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq
to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Ushbu Kodeks 452-moddasining
 birinchi qismida
 nazarda tutilgan foydali qazilmalarning
tegishli guruhlaridagi foydali qazilmalar jumlasiga qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar,
nodir elementlar va nodir yer elementlari (bundan buyon ushbu bo‘limda metallar deb yuritiladi)
kiradi.
Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft uglevodorod xomashyosi jumlasiga kiradi.
Ushbu Kodeksning 
69-bobiga
muvofiq faoliyatini mahsulot taqsimotiga oid bitimlar
doirasida amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchi hisoblanmaydi.
454 -modda. Soliq solish obyekti
Ushbu Kodeksning 
454 -moddasida
belgilangan tartibda aniqlanadigan, qazib olingan
(ajratib olingan) metallni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya qilishdan olingan renta
daromadi foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini (bundan buyon ushbu
bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.
454 -modda. Renta daromadi
Qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini realizatsiya
qilishdan olingan, ushbu Kodeksning 
176-moddasi
talablari hisobga olingan holda bahoga
qo‘shimcha qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini kiritmay aniqlanadigan, bitim taraflari tomonidan
qo‘llanilgan bahodan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan daromadlar hamda ularni qazib olish
(ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq renta daromadi deb e’tirof etiladi.
Renta daromadi birlamchi ishlov berishdan (sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlashdan,
rudani boyitishdan) o‘tgan va realizatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lgan metallarni yoki
uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) faoliyati doirasida aniqlanadi.
1

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling