Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Soliq solish obyekti


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

457-modda. Soliq solish obyekti
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va
uning hududi orqali tranziti yig‘imlarning soliq solish obyektidir.
(457-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
458-modda. Soliq bazasi
Chet davlatlarning avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga
kirayotganda va uning hududi orqali tranzit o‘tayotganda soliq bazasi hisoblanadi.
1
1


(458-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(459-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
460-modda. Yig‘imlarni to‘lash tartibi
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va
uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston
Respublikasi hududiga kirayotganda undiriladi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini
realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran to‘lanadi.
Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy
uchun to‘liq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa
keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.
Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish
korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy
ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi
uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish
punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib
ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki
tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib
turiladi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im har oyda oldindan to‘lov
tarzida, joriy oyning o‘ninchi sanasiga qadar to‘lanadi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlar
qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(460-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(460 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli 
Qonuniga 
asosan
o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling