Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Soliqlarni o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomalarining banklar tomonidan
Download 3.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri
90-modda. Soliqlarni o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomalarining banklar tomonidan
bajarilishi Banklar soliq to‘lovchining pul mablag‘lari hisobidan soliqni budjet tizimiga o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq to‘lovchining topshiriqnomasi deb yuritiladi), shuningdek soliq organining soliqni budjet tizimiga o‘tkazishga doir inkasso topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq organining inkasso topshiriqnomasi deb yuritiladi) bajarishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchining topshiriqnomalari va soliq organining inkasso topshiriqnomalari fuqarolik qonunchiligida belgilangan navbat bo‘yicha bajarilishi lozim. (90-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Soliq to‘lovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi bunday topshiriqnoma olingan kundan keyingi bir operatsiya kuni ichida bank tomonidan bajariladi. Soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan va to‘lov hujjatida rekvizitlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda bank soliq to‘lovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarishni kechiktirishga haqli emas. Soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida pul mablag‘larining yo‘qligi (yetarli emasligi) sababli soliq organining inkasso topshiriqnomasini belgilangan muddatda bajarishning imkoni bo‘lmaganda, bank belgilangan muddat tugaganidan keyingi kundan kechiktirmay inkasso topshiriqnomasini yuborgan soliq organiga uning topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) to‘g‘risida xabar qilishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) to‘g‘risidagi bank xabarnomasining shakli va uni elektron shaklda uzatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (90-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son) Ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun banklar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Javobgarlik choralarining qo‘llanilishi bankni soliq to‘lovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi. Banklar soliq to‘lovchilarning topshiriqnomalarini va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalarini ko‘rsatilgan operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilganligi uchun haq undirmasdan bajaradi. Soliq to‘lovchilarga yoki soliq agentlariga ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliqlar, penyalar va jarimalar summalarini qaytarish bo‘yicha banklar tomonidan topshiriqnomalar bajarilganda ko‘rsatilgan operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilganligi uchun ham haq undirilmaydi. Download 3.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling