Umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliq majburiyatini bajarish


Download 3.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/382
Sana28.10.2023
Hajmi3.3 Mb.
#1730649
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   382
Bog'liq
Soliq kodeksi 2022 yangi taxriri

91-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliq majburiyatini bajarish
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliq majburiyati mazkur yuridik shaxsning pul
mablag‘lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari
hisobidan tugatuvchi tomonidan bajariladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Agar tugatilayotgan yuridik shaxsning pul mablag‘lari, shu jumladan uning mol-mulkini
realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari uning soliq qarzini to‘liq hajmda uzish uchun yetarli
bo‘lmasa, to‘lanmay qolgan qarz mazkur yuridik shaxsning ishtirokchilari tomonidan
qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda uzilishi mumkin.
(91-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik shaxs tugatilayotganda soliq majburiyatini mazkur yuridik shaxsning boshqa
kreditorlari bilan hisob-kitoblari o‘rtasida bajarish navbati fuqarolik qonunchiligi bilan
belgilanadi.
(91-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tugatilayotgan yuridik shaxs tomonidan ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha
undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summalari soliq organi tomonidan ushbu Kodeksda
belgilangan tartibda boshqa soliqlar bo‘yicha soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi lozim.
Ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarning (penyalarning, jarimalarning)
hisobga olinishi lozim bo‘lgan summasi boshqa soliqlar bo‘yicha soliq qarziga mutanosib
ravishda yoki tugatuvchining qaroriga binoan taqsimlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, ortiqcha
to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik
shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda u ariza bergan kundan e’tiboran o‘n besh
kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim. Soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan
taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestridan chiqarilgan soliq
to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi.
(91-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-
yanvardan kuchga kiradi)
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining bojxona
chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish munosabati bilan soliqlar to‘lashda ham qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 
53-moddasi
.

Download 3.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling