Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

hisobiga ko‘paytirish

Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan

qo‘shimcha  hissalar  qo‘shish  hisobiga  jamiyat  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  ko‘paytirish

to‘g‘risidagi  qarorida  qo‘shimcha  hissalarning  muayyan  umumiy  qiymati,  jamiyat  har  bir

ishtirokchisining qo‘shimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qo‘shimcha

hissalarni to‘liq qo‘shish muddati belgilanishi kerak.

Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchisining qo‘shimcha hissa

qo‘shish  to‘g‘risidagi  arizasi  (jamiyat  ishtirokchilarining  arizalari)  va  (yoki),  agar  bu

jamiyatning  ta’sis  hujjatlarida  taqiqlangan  bo‘lmasa,  uchinchi  shaxsning  (uchinchi

shaxslarning) uni (ularni) jamiyatga qabul qilish va hissa qo‘shish to‘g‘risidagi arizasi (arizalari)

asosida  jamiyatning  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  ko‘paytirish  to‘g‘risida  bir  ovozdan  qaror

qabul qilishi mumkin.




Jamiyat  ishtirokchisining  arizasida  va  uchinchi  shaxsning  arizasida  hissani  qo‘shish

tartibi,  miqdori,  usullari  va  muddati,  shuningdek  jamiyat  ishtirokchisi  yoki  uchinchi  shaxs

jamiyatning ustav fondida (ustav kapitalida) ega bo‘lishni xohlagan ulush miqdori ko‘rsatilgan

bo‘lishi kerak. Arizada hissalarni qo‘shish va jamiyatga a’zo bo‘lib kirishning boshqa shartlari

ham ko‘rsatilishi mumkin.

Jamiyatning  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  ko‘paytirish  to‘g‘risidagi  qaror  bilan  bir

vaqtda  uning  ta’sis  hujjatlariga  jamiyat  barcha  yoki  ayrim  ishtirokchilarining  (ayrim

ishtirokchisining)  qo‘shimcha  hissalarini  qo‘shish  hisobiga  va  (yoki)  jamiyatga  uchinchi

shaxsning (uchinchi shaxslarning) qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal

qiymati  tegishlicha  ko‘paytirilishi  va  (yoki)  uchinchi  shaxs  (uchinchi  shaxslar)  ulushining

nominal  qiymati  va  miqdori  aniqlanishi  munosabati  bilan  o‘zgartishlar,  zarur  hollarda,

shuningdek  jamiyat  ishtirokchilari  ulushining  miqdorlari  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq  o‘zgartishlar

kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal

qiymati  uning  qo‘shimcha  hissasi  qiymatidan  ko‘proq  summaga  ko‘paytirilishi  mumkin  emas,

jamiyatga  qabul  qilinadigan  har  bir  uchinchi  shaxs  tomonidan  olinadigan  ulushning  nominal

qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Qo‘shimcha  hissalarni  qo‘shishning  muddati  tugagan  kundan  e’tiboran  bir  oydan

kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini va (yoki) uchinchi shaxslarning

hissalarini  qo‘shish  yakunlarini  tasdiqlash  haqida,  shuningdek  jamiyat  ustav  fondi  (ustav

kapitali)  miqdorini  ko‘paytirish,  qo‘shimcha  hissalar  qo‘shgan  jamiyat  ishtirokchilari

ulushlarining  nominal  qiymatini  ko‘paytirish  va  (yoki)  uchinchi  shaxs  (uchinchi  shaxslar)

ulushining  nominal  qiymati  va  miqdorlarini  aniqlash,  zarur  hollarda  jamiyat  ishtirokchilari

ulushlarining  miqdorlari  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq  o‘zgartishlarni  jamiyatning  ta’sis  hujjatlariga

kiritish to‘g‘risida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinishi

kerak.

Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  nazarda  tutilgan  hollarda,  agar  hissalar



qo‘shishning  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  belgilangan  muddati

o‘tganidan keyin, belgilangan qo‘shimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan to‘liq

yoki qisman qo‘shilgan bo‘lmasa, umumiy yig‘ilishi:

qo‘shimcha  hissalar  umumiy  qiymatining  dastlabki  belgilangan  miqdorini  jamiyat

ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha o‘zgartirib, amalda

qo‘shilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qo‘shgan qo‘shimcha hissalarni hisobga olgan

holda kamaytirish to‘g‘risida;

qo‘shimcha  hissalar  umumiy  qiymatining  dastlabki  belgilangan  miqdorini  jamiyat

ishtirokchilarining  jamiyat  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  ko‘paytirish  to‘g‘risidagi  oldingi

yig‘ilishi  qarori  bilan  belgilangan  ulushlarini  saqlab  qolish  imkoniyatini  beradigan

miqdorgacha kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Bu holda jamiyat o‘n kunlik

muddat  ichida  oldingi  yig‘ilish  qarori  bilan  belgilangan  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)

jamiyat ishtirokchilarining ulushlari oshib ketishiga olib kelgan o‘sha qo‘shgan pul hissalarini

jamiyat ishtirokchilariga qaytarishi shart.

Ushbu  moddaning  beshinchi  qismida  nazarda  tutilgan  jamiyat  ta’sis  hujjatlaridagi

o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari

tomonidan  qo‘shimcha  hissalar  va  uchinchi  shaxslar  tomonidan  hissalar  to‘liq  miqdorda

qo‘shilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga

ta’sis  hujjatlariga  o‘zgartishlar  jamiyat  ishtirokchilarining  umumiy  yig‘ilishida  tasdiqlangan

kundan  e’tiboran  bir  oydan  kechiktirmay  taqdim  etilmog‘i  lozim.  Ta’sis  hujjatlaridagi  mazkur

o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilari va uchinchi shaxslar uchun o‘zgartishlar yuridik shaxslarni

davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazuvchi  organ  tomonidan  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan  kundan

e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu  moddaning  beshinchi  va  yettinchi  qismlarida  nazarda  tutilgan  muddatlarga

rioya  etilmagan  taqdirda  yoxud  ushbu  moddaning  birinchi  qismida  nazarda  tutilgan

qo‘shimcha  hissalar  barcha  ishtirokchilar  tomonidan  to‘liq  qo‘shilmagan  yoxud  ushbu

moddaning  oltinchi  qismida  nazarda  tutilgan  qo‘shimcha  hissalar  umumiy  qiymatining



dastlabki  belgilangan  miqdorini  kamaytirish  to‘g‘risidagi  qaror  qabul  qilinmagan  taqdirda,

jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi amalga oshmagan deb e’tirof etiladi.

Bu holda jamiyat o‘n kunlik muddat ichida jamiyat ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan

qo‘shimcha pul hissalarini qaytarishi shart.

Pul  hissalari  ushbu  modda  oltinchi  qismining  uchinchi  xatboshisida,  shuningdek

sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, jamiyat qonun

hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda foizlar to‘lashi shart.

Pulsiz  hissalar  qo‘shgan  jamiyat  ishtirokchilariga  jamiyat  ushbu  modda  oltinchi

qismining  uchinchi  xatboshisida,  shuningdek  sakkizinchi  qismida  ko‘rsatilgan  hollarda  uch

oylik muddatda ularning hissalarini qo‘shilgan shaklida yoki ularning roziligi bilan pul shaklida

qaytarishi, hissalar ko‘rsatilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda esa, hissa sifatida kiritilgan

mol-mulkdan foydalana olmaganligi oqibatida boy berilgan foydani ham qoplashi shart.




Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling