Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
-modda. Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
Download 215.63 Kb. Pdf ko'rish
|
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida
20-modda. Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
ulushining (ulushi bir qismining) jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga o‘tishi Oldingi tahrirga qarang. Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishga haqli. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi. Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘languniga qadar bo‘lgan davrda u faqat to‘langan qismi bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilaridan birortasi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat ishtirokchilari uchinchi shaxslar oldida imtiyozli huquqdan foydalanadi. Bunday huquqdan jamiyatning har bir ishtirokchisi foydalanishi mumkin. Agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun ulushni sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchilari tomonidan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olish ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari jamiyatning ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda o‘zining imtiyozli huquqidan foydalanmagan bo‘lsa, jamiyat mazkur ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi. O‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga sotish niyatida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi ulushning (ulushning bir qismining) sotilish bahosini va boshqa shartlarni ko‘rsatgan holda, bu haqda jamiyatning qolgan ishtirokchilarini va jamiyatning o‘zini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Jamiyatning ustavida xabarnoma jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin. Ulushni (ulushning bir qismini) imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirish istagida bo‘lgan jamiyat ishtirokchisi o‘z ulushini (ulushning bir qismini) sotishni taklif etayotgan jamiyat ishtirokchisini yetti kunlik muddatda bu haqda xabardor qilishi, bunda sotishga taklif etilayotgan ulushni to‘liq yoki uning muayyan qismini sotib olmoqchi ekanligini ko‘rsatishi kerak. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulushning miqdoridan oshmasa, ishtirokchilardan har biri ulushning o‘z xabarnomasida ko‘rsatgan qismini sotib oladi. Agar ulushning qolgan qismi uchinchi shaxs ixtiyoriga o‘tkazilguniga qadar jamiyat ishtirokchilaridan qo‘shimcha takliflar kelib tushmasa, bunday qism uchinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin. Agar kelib tushgan takliflarning umumiy miqdori sotilayotgan ulush (ulushning bir qismi) miqdoridan oshsa, ishtirokchilar, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqacha taqsimlash nazarda tutilmagan bo‘lsa, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib oladi. Jamiyat ishtirokchilari va (yoki) jamiyat sotish uchun taklif qilinayotgan butun ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqdan shunday xabar berilgan kundan e’tiboran bir oy ichida foydalanmagan taqdirda, agar jamiyat ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ulush (ulushning bir qismi) jamiyatga va uning ishtirokchilariga ma’lum bo‘lgan bahoda va shartlarda uchinchi shaxsga sotilishi mumkin. Ulushni (ulushning bir qismini) jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlariga nomutanosib ravishda sotib olishning imtiyozli huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi
qoidalar jamiyat ustavida uni ta’sis etish chog‘ida nazarda tutilishi, jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan umumiy yig‘ilish qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, o‘zgartirilishi va jamiyatning ustavidan chiqarib tashlanishi mumkin.
Ulush (ulushning bir qismi) sotib olishning imtiyozli huquqi buzilgan holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan ishtirokchisi va (yoki) jamiyat, agar jamiyatning ustavida ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda jamiyat imtiyozli huquqqa ega ekanligi nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday buzilishni bilgan yoxud uni bilishi lozim bo‘lgan paytdan e’tiboran uch oy ichida sotuvchining huquqlari va majburiyatlarini o‘ziga o‘tkazishni sud tartibida talab qilishga haqli. Mazkur imtiyozli huquqdan boshqaning foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi. Jamiyatning ustavida jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) sotishdan boshqacha tarzda uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning yoki jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilishi mumkin. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish to‘g‘risidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) o‘zganing foydasiga voz kechishga doir bitimning ushbu moddada yoki jamiyatning ustavida belgilangan shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechilganligi haqida jamiyat bunday voz kechishning dalillari taqdim etilgan holda yozma ravishda xabardor qilinishi kerak. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchi mazkur voz kechish to‘g‘risida jamiyat yozma ravishda xabardor qilingan paytdan e’tiboran jamiyat ishtirokchisining huquqlarini amalga oshiradi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) oluvchiga jamiyat ishtirokchisining mazkur ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechguniga qadar yuzaga kelgan barcha huquqlari va majburiyatlari o‘tadi. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning merosxo‘rlariga va jamiyatning ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga o‘tadi.
Jamiyatning ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, uning kreditorlari bilan hisob-kitob tugallanganidan so‘ng qolgan unga qarashli ulush, agar qonun hujjatlarida yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanadi. Jamiyatning ustavida ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi qismlarida belgilangan ulushning (ulushning bir qismining) o‘tishi va taqsimlanishiga faqat jamiyatning qolgan ishtirokchilari roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilishi mumkin. Jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining merosxo‘ri tomonidan meros qabul qilinguniga qadar jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining huquqlari vasiyatnomada ko‘rsatilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi, uning majburiyatlari esa shu shaxs tomonidan bajariladi, bunday shaxs bo‘lmagan taqdirda esa notarius tayinlagan boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish, ulushning (ulushning bir qismining) merosxo‘rlarga yoki huquqiy vorislarga o‘tishi yoxud tugatilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari o‘rtasida ulushning (ulushning bir qismining) taqsimlanishi uchun jamiyat ishtirokchilarining roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyat ishtirokchilariga murojaat etilgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki jamiyatning ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning barcha ishtirokchilarining yozma roziligi olingan bo‘lsa yoxud jamiyat ishtirokchilarining birortasidan ham rozilik berishga yozma raddiya olinmagan bo‘lsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi.
Jamiyatning ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) jamiyatning ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish uchun jamiyatning roziligini olish zarurligi nazarda tutilgan taqdirda, agar jamiyatga murojaat etilgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki jamiyat ustavida belgilangan boshqa muddat ichida jamiyatning yozma roziligi olingan bo‘lsa yoxud jamiyatdan rozilik berishga yozma raddiya olinmagan bo‘lsa, bunday rozilik olingan deb hisoblanadi. Ushbu Qonunda yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush (ulushning bir qismi) ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganda, mazkur ulushning (ulushning bir qismining) oluvchisi jamiyatning yoki uning ishtirokchilarining roziligidan qat’i nazar, jamiyatning ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs (bundan davlat mustasno), agar shaxs bungacha jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga egalik qilmagan yoki ulushning 50 foizidan kamrog‘iga egalik qilgan bo‘lsa, minoritar ishtirokchilarga ulushlarini bozor qiymati bo‘yicha o‘ziga sotishni o‘ttiz kun ichida taklif etishi shart. Jamiyatning ustavida ushbu taklif jamiyat ishtirokchilariga jamiyat orqali yuborilishi nazarda tutilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisining o‘ziga tegishli ulushini sotishi to‘g‘risida o‘ttiz kun ichida yozma roziligi olinsa, jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning 50 va undan ortiq foizi egasi taklif etilgan ulushni sotib olishi shart.
Download 215.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling