Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


qismini) jamiyat tomonidan olinishi


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

qismini) jamiyat tomonidan olinishi

Jamiyat  o‘zining  ustav  fondidagi  (ustav  kapitalidagi)  ulushni  (ulushning  bir  qismini)

olishga haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Jamiyatning  ustavida  jamiyat  ishtirokchisining  ulushidan  (ulushining  bir  qismidan)

uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish taqiqlangan bo‘lsa, jamiyatning boshqa ishtirokchilari

esa  uni  olishni  rad  etsa,  shuningdek  ulushdan  (ulushning  bir  qismidan)  jamiyatning

ishtirokchisi  yoki  uchinchi  shaxs  foydasiga  voz  kechish  rad  etilgan  taqdirda,  agar  bunday

rozilikni olish zarurligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyat ishtirokchisining

talabiga  binoan  jamiyat  unga  qarashli  ulushni  (ulushning  bir  qismini)  olishga  majbur.  Bunda

jamiyat  o‘zining  ishtirokchisiga  bu  ulushning  (ulush  bir  qismining)  jamiyatning  ishtirokchisi

shunday  talab  bilan  murojaat  etgan  kundan  oldingi  oxirgi  hisobot  davri  uchun  jamiyatning

buxgalteriya  hisobotlari  ma’lumotlari  asosida  aniqlanadigan  haqiqiy  qiymatini  to‘lashi  yoki

jamiyat ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida

berishi shart.

Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) o‘z hissasini

o‘z muddatida to‘liq miqdorda qo‘shmagan jamiyat ishtirokchisining ulushi, shuningdek ushbu

Qonun  15-moddasining  uchinchi  qismida  nazarda  tutilgan  pul  tovonini  muddatida  taqdim

etmagan  jamiyat  ishtirokchisining  ulushi  jamiyatga  o‘tadi.  Bunda  jamiyat  ishtirokchisiga

ulushning  (mol-mulk  jamiyat  foydalanishida  bo‘lgan  muddatga)  u  qo‘shgan  hissaning  qismiga

mutanosib  ravishdagi  qismining  haqiqiy  qiymatini  jamiyat  to‘lashi  yoki  jamiyat

ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishga



majbur.  Ulush  bir  qismining  haqiqiy  qiymati  hissani  qo‘shish  yoki  tovonni  taqdim  etishning

muddati  o‘tadigan  kundan  oldingi  oxirgi  hisobot  davri  uchun  jamiyatning  buxgalteriya

hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

Jamiyatning  ustavida  ulushning  hissaning  to‘lanmagan  qismiga  yoki  pul  tovoni

summasiga (qiymatiga) mutanosib qismi jamiyatga o‘tishi nazarda tutilishi mumkin.

Jamiyatdan  chiqarilgan  yoki  undan  chiqib  ketgan  jamiyat  ishtirokchisining  ulushi

jamiyatga  o‘tadi.  Bunda  jamiyat  jamiyatdan  chiqarilgan  yoki  chiqib  ketgan  ishtirokchiga

ulushining  chiqarilish  yoki  chiqib  ketish  sanasidan  oldingi  oxirgi  hisobot  davri  uchun

jamiyatning  buxgalteriya  hisobotlari  ma’lumotlari  bo‘yicha  aniqlanadigan  haqiqiy  qiymatini

to‘lashi  yoki  jamiyatdan  chiqarilgan  yoki  chiqib  ketgan  ishtirokchisining  roziligi  bilan  unga

xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu  Qonunning  20-moddasi  o‘n  to‘rtinchi,  o‘n  beshinchi  va  o‘n  oltinchi  qismlarida

nazarda  tutilgan  hollarda  jamiyatning  ishtirokchilari  ulushning  o‘tishi  yoki  taqsimlanishiga

rozilik  berishni  rad  etsalar,  agar  jamiyatning  ustaviga  muvofiq  bunday  rozilik  olinishi  zarur

bo‘lsa,  ulush  jamiyatga  o‘tadi.  Bunda  jamiyat  vafot  etgan  jamiyat  ishtirokchisining

merosxo‘rlariga,  qayta  tashkil  etilgan  jamiyat  ishtirokchisi  bo‘lgan  yuridik  shaxsning  huquqiy

vorislariga  yoki  jamiyat  ishtirokchisi  bo‘lgan  tugatilgan  yuridik  shaxsning  ishtirokchilariga

tegishincha vafot qilish, qayta tashkil etilish yoki tugatilish kunidan oldingi oxirgi hisobot davri

uchun  jamiyatning  buxgalteriya  hisobotlari  ma’lumotlari  asosida  aniqlanadigan  ulushning

haqiqiy qiymatini to‘lashi yoxud ularning roziligi bilan ularga xuddi shunday qiymatdagi mol-

mulkni asli holida berishi shart.

(22-moddaning  oltinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  20-martdagi  O‘RQ-531-sonli

Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Ushbu  Qonunning  24-moddasiga  muvofiq  jamiyat  tomonidan  jamiyat  ishtirokchisi

ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati uning kreditorlari talabiga binoan to‘langan

taqdirda,  ulush  haqiqiy  qiymatining  jamiyat  boshqa  ishtirokchilari  tomonidan  to‘lanmagan

qismi  jamiyatga  o‘tadi,  ulushning  qolgan  qismi  jamiyatning  ishtirokchilari  o‘rtasida  ular

qo‘shgan to‘lovga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Ulush  (ulushning  bir  qismi)  jamiyatning  ishtirokchisi  u  jamiyat  tomonidan  olinishi

to‘g‘risida talabnoma taqdim etgan yoki hissani qo‘shish muddati o‘tgan yoxud tovon berilgan

yoki  ishtirokchini  jamiyatdan  chiqarish  to‘g‘risidagi  sud  qarori  qonuniy  kuchga  kirgan  yoki

jamiyatning istalgan ishtirokchisi ulushning jamiyat ishtirokchisi bo‘lgan jismoniy shaxslarning

merosxo‘rlariga  (yuridik  shaxslarning  huquqiy  vorislariga)  o‘tishiga  yoxud  uning  jamiyat

ishtirokchisi  bo‘lgan  tugatilgan  yuridik  shaxsning  ishtirokchilari  o‘rtasida  taqsimlanishiga

rozilik  berishni  rad  etgan  yoki  jamiyat  ishtirokchisi  ulushining  (ulushi  bir  qismining)  haqiqiy

qiymati  uning  kreditorlari  talabiga  binoan  jamiyat  tomonidan  to‘langan  paytdan  e’tiboran

jamiyatga o‘tadi.

Ulush  (ulushning  bir  qismi)  jamiyatga  o‘tgan  paytdan  e’tiboran  bir  yil  ichida,  agar

jamiyatning ustavida kamroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ulushning (ulush bir

qismining)  haqiqiy  qiymatini  to‘lashi  yoki  xuddi  shunday  qiymatdagi  mol-mulkni  asli  holida

berishi shart.

Ulushning (ulush bir qismining) haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlarining qiymati bilan

uning  ustav  fondi  (ustav  kapitali)  miqdori  o‘rtasidagi  farq  hisobidan  to‘lanadi.  Agar  bunday

farq  yetarli  bo‘lmasa,  jamiyat  o‘zining  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  yetishmayotgan

summaga kamaytirishi shart.


Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling