Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish


Download 215.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/51
Sana08.01.2022
Hajmi215.63 Kb.
#245908
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
Bog'liq
310-II-сон 06.12.2001. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida

19-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat  o‘z  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  kamaytirishga  haqli,  ushbu  Qonunda

nazarda  tutilgan  hollarda  esa,  jamiyat  o‘z  ishtirokchilarining  jamiyat  ustav  fondidagi  (ustav

kapitalidagi)  ulushlarining  nominal  qiymatini  kamaytirish  va  (yoki)  jamiyatga  tegishli

ulushlarning haqini to‘lash orqali o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart.

Jamiyatning  barcha  ishtirokchilari  ulushlarining  nominal  qiymatini  kamaytirish  yo‘li

bilan  jamiyatning  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  kamaytirish  jamiyatning  barcha

ishtirokchilari ulushlari miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi kerak.

Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida uning ustav fondi

(ustav  kapitali)  to‘liq  to‘lanmagan  taqdirda,  jamiyat  o‘zining  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)

amalda  to‘langan  miqdorgacha  kamaytirishini  e’lon  qilishi  va  uning  kamaytirilganligini

belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi

kerak.

Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining



qiymati  uning  ustav  fondidan  (ustav  kapitalidan)  kam  bo‘lib  qolsa,  jamiyat  o‘z  ustav  fondi

(ustav  kapitali)  o‘zining  sof  aktivlari  qiymatidan  oshmaydigan  miqdorgacha  kamaytirilishini

e’lon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

(19-moddaning  birinchi  —  oltinchi  qismlari  O‘zbekiston  Respublikasining  2019-yil  20-martdagi

O‘RQ-531-sonli  Qonuniga  asosan  birinchi  —  to‘rtinchi  qismlar  bilan  almashtirilgan  —  Qonun  hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.

Jamiyat o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan

sanadan  e’tiboran  o‘ttiz  kun  ichida  jamiyatning  ustav  fondi  (ustav  kapitali)  kamaytirilgani  va

uning  yangi  miqdori  haqida  jamiyatning  o‘ziga  ma’lum  bo‘lgan  barcha  kreditorlarini  yozma

ravishda  xabardor  qilishi,  shuningdek  qabul  qilingan  qaror  to‘g‘risida  ommaviy  axborot

vositalarida  xabar  e’lon  qilishi  shart.  Bunda  jamiyat  kreditorlari  o‘zlariga  xabarnoma

yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon

qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari

tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda

talab qilishga haqlidirlar.

Jamiyatning  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)  kamaytirish  bilan  bog‘liq  ta’sis

hujjatlaridagi  o‘zgartishlarni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  kreditorlar  ushbu  moddada

belgilangan  tartibda  xabardor  qilinganligi  dalillari  taqdim  etilgan  taqdirdagina  qonun

hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu  moddada  nazarda  tutilgan  hollarda  jamiyat  o‘z  ustav  fondini  (ustav  kapitalini)

kamaytirish  yoki  o‘zining  tugatilishi  to‘g‘risida  uch  oylik  muddatda  qaror  qabul  qilmasa,

kreditorlar  jamiyat  majburiyatlarini  muddatidan  ilgari  tugatishini  yoki  ijro  etishini  va  o‘zlari

ko‘rgan  zararning  o‘rnini  qoplashini  talab  qilishga  haqlidir.  Yuridik  shaxslarni  davlat



ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bunday hollarda jamiyatni tugatish to‘g‘risida sudga talabnoma

taqdim etishga haqlidir.




Download 215.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling