Umumiy qoidalar o‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari


-modda. Hokimiyat shahar idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Download 54.16 Kb.
bet3/17
Sana19.04.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1364324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO’G’RISIDAGI QONUNI

5-modda. Hokimiyat shahar idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyatning shahar idoralari ixtiyorida bo‘ladi:
shahar doirasidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, shahar doirasida egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish, shuningdek yerni olib qo‘yish, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno;
yer uchastkalarini fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egaligiga kim oshdi asosida sotish;
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
(5-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
shahar doirasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirish;
ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilab qo‘yilgan tartibda yer berilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini uyushtirish.
Toshkent shahrining hokimiyat organlari diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga mazkur vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan, vakolatxona boshlig‘ining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk qilib sotishlari ham mumkin.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Hokimiyatning shahar tarkibiga kiruvchi tuman idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning shahar idoralari belgilab qo‘yadilar.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)



Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling