Umumiy qoidalar o‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari


-modda. Hokimiyat tuman idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Download 54.16 Kb.
bet4/17
Sana19.04.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1364324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO’G’RISIDAGI QONUNI

6-modda. Hokimiyat tuman idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyat tuman idoralarining ixtiyorida bo‘ladi:
yerlardan foydalanishni va uni muhofaza qilishni nazorat etish;
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, dehqon xo‘jaliklariga egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni; birinchi guruhga mansub o‘rmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari o‘rmon fondi yerlarini; sanoat, transport, aloqa, mudofaa obyektlari egallab turgan va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarni; suv fondi yerlarini olib qo‘yish — bitta yer egasiga va bitta yerdan foydalanuvchiga 10 gektargacha maydonda;
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zaxira yerlardan yer uchastkasining katta-kichikligidan qat’i nazar, egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish;
yer uchastkalarini fuqarolarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egaligiga kim oshdi asosida sotish;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini to‘xtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatib qo‘yish, posyolka va qishloq o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman bo‘ysunuvidagi shahar idoralarining vakolat doirasiga kiruvchi hollar bundan mustasno;
yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek yerni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
(6-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
jamoa xo‘jaliklari tuzilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda ularning yerga egalik qilishi masalalarini hal etish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini tashkil etish;
fuqarolarga jamoat bog‘dorchiligi va uzumchiligi uchun, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qo‘yilgan yer uchun yer solig‘i va ijara haqi undirish.
Hokimiyatning tuman bo‘ysunuvidagi shahar idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning tuman idoralari belgilab qo‘yadilar.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)

Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling