Umumiy qoidalar o‘zbekiston respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunlari
Download 54.16 Kb.
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER TO’G’RISIDAGI QONUNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-modda. Yer uchastkalari berish (sotish)
11-modda. Yer ijarasi
Yerni shartnoma asosida ijaraga muayyan muddatga, qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun esa kamida 10 yilga quyidagi idoralar beradilar: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — qishloq va posyolka o‘zini o‘zi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman va shahar idoralari; ushbu ma’muriy tumandagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga — hokimiyatning tuman idoralari, boshqa tumanlardan kelgan xuddi shu xildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa hokimiyatning viloyat va shahar idoralari; respublika hamda chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, chet el yuridik shaxslari va fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi beradi. (11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda) Qishloq xo‘jaligi korxonalari yerni ichki xo‘jalik ijarasi tartibida ayrim xodimlarga va ijarachi jamoalarga biriktirib qo‘yishlari mumkin. (11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 859-XII-son Qonunining 38, 39-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda) Ijara shartlari tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi va shartnomada mustahkamlanadi. Ijarachi yerni ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilash uchun ustun huquqqa egadir. Yer ijarasi haqini to‘lash va ijarani bekor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. 12-modda. Yer uchastkalari berish (sotish) Belgilangan tartibda ajratib berilgan (sotilgan) yer uchastkalarigagina egalik qilish va ulardan foydalanish mumkin. Yer uchastkalarini ajratib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqaruv mahalliy idoralari tomonidan qonunlarda belgilab qo‘yiladigan tartibda amalga oshiriladi. Egalikdagi yoki foydalanishdagi yer uchastkasini boshqa shaxslarga berish (sotish) faqat shu uchastka belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan keyingina amalga oshiriladi. Sanoat korxonalari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, elektr uzatish liniyalari, bosh quvur yo‘llari qurish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlar yoxud sifati yomon bo‘lgan qishloq xo‘jalik yerlari beriladi. Mazkur maqsadlar uchun o‘rmon fondiga qarashli yerlardan yer uchastkalari asosan o‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki butazorlar va qimmati kam o‘simliklar bilan qoplangan maydonlar hisobidan beriladi. Tegishli yer tuzuvchi tashkilotlar berilgan (sotilgan) yer uchastkasining chegaralarini naturada (joyning o‘zida) belgilagunlaricha va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar berilguncha ana shu uchastkaga egalik qilish yoki foydalanish taqiqlanadi. Yerlarni berish (sotish) tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. (12-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda) Download 54.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling