Umumiy tushunchalar. Bug`latish qurilmalarining tuzilishi Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari


Korpuslarning maqbul sonini aniqlash


Download 60.49 Kb.
bet7/8
Sana23.11.2023
Hajmi60.49 Kb.
#1795534
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza

4.7.Korpuslarning maqbul sonini aniqlash.
Ko׳p bosqichli bug`latish qurilmasida korpuslarning soni ortib borishi bilan 1 kg suvni bug`latish uchun zarur bo׳lgan isituvchi bug`ning sarfi kamayib boradi. Biroq korpuslar sonining ortishi bilan haroratlarning yo׳qotilishi ko׳payadi. Issiqlik o׳tkazish jarayonining yaxshi ketishi uchun har bir korpusda harorat­larning foydali farqi (isituvchi bug` va qaynayotgan eritma haroratlarining farqi) ma’lum qiymatga ega bo׳lishi shart. Bu farq tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilmalar uchun kamida 5-70C va majburiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan qurilmalar uchun kamida 3°C bo׳lishi kerak.
Korpuslarning soni juda ko׳payib ketsa, haroratlarning yo׳qotilishining yig`indisi qurilmadagi haroratlarning umumiy farqiga teng yoki undan ham ortib ketishi mumkin. Bunda eritmalarni bug`latish mumkin bo׳lmay qoladi.
Korpuslarning maqbul sonini texnikaviy-iqtisodiy hisoblashlar yo׳li bilan aniqlash maqsadga muvofiq. Bunday hisoblashlar elektron hisoblash mashinalarida ham bajarilishi mumkin. 23.5-rasmda korpuslarning maqbul sonini grafik orqali topish ko׳rsatilgan.

4.5-rasm. Bug`latish qurilmalarida korpuslarning maqbul sonini aniqlashga doir: a — umumiy sarflar;b — isituvchi bug`ning qiymati; d — amortizasiya sarflari; e — mehnat sarfi.

Vertikal o׳qda 1 kg suvni bug`latish qiymati berilgan, gorizontal o׳qda esa korpuslarning soni ko׳rsatilgan. Grafikdan ko׳rinib turibdiki, korpuslarning soni ko׳payishi bilan isituvchi bug`­ning qiymati kamaymoqda (b — egri chizig`i), amortizasiya sarflari esa ko׳paymoqda (V — chiziq), qurilmani ishlatish bilan bog`liq bo׳lgan mehnat sarfi birozgina o׳zgarmoqda (g— chiziq).


1 kg suvni bug`latish bilan bog`liq bo׳lgan umumiy sarflarni belgilovchi egri chiziqning (a) minimumiga to׳g`ri kelgan korpuslarning soni, taxminan, maqbul deb olinadi. Odatda ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalaridagi korpuslarning soni 2 tadan kam va 5-6 tadan ortiq bo׳lmaydi. Ko׳pincha korpus­larning maqbul soni 3-4 ta bo׳ladi.

Download 60.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling