Umumiy tushunchalar. Bug`latish qurilmalarining tuzilishi Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari


Download 60.49 Kb.
bet5/8
Sana23.11.2023
Hajmi60.49 Kb.
#1795534
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza

4.6.Ko׳p bosqichli qurilmalarning shakllari.
Oxirgi korpusdagi ikkilamchi bug`ning bosimiga ko׳ra, ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalari vakuum (siyraklanish) bilan va yuqori bosim ostida ishlaydigan bo׳ladi. Isituvchi bug` va bug`lanayotgan eritma oqimlarining o׳zaro harakatiga ko׳ra ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalari bir necha shakllarga bo׳linadi:
1) bir xil yo׳nalishli ko׳p korpusli bug`latish qurilmalari;
2) qarama-qarshi yo׳nalishli ko׳p korpusli bug`latish qurilmalari;
3) eritma bilan uzluksiz parallel ta’minlanadigan bug`latish qurilmalari;
4) ekstra-bug` ajratib olinadigan ko׳p bosqichli bug`la­tish qurilmalari.
Sanoatda bir xil yo׳nalishda qurilmalar keng ishlatiladi (4.4-rasm), chunki bunday qurilmalar eng tejamli hisob lanadi.
Bir xil yo׳nalishli qurilma bir necha (bizning misolimizda uchta) korpusdan tashkil topgan bo׳ladi. Isitkichda qaynash haroratigacha qizdirilgan dastlabki eritma qurilmaning birinchi korpusiga beriladi. Birinchi korpus birlamchi bug` bilan isitiladi. Birinchi korpusda hosil bo׳lgan ikkilamchi bug` isituvchi agent sifatida ikkinchi korpusga beriladi. Ikkinchi korpusdagi bosim birinchi korpusdagiga nisbatan past, natijada ikkinchi korpusda birinchi korpusga nisbatan ancha past haroratda qaynaydi.
Ikkinchi korpusda bosim ancha past bo׳lganligi sababli, birinchi korpusda qisman bug`langan eritma o׳z-o׳zidan ikkinchi korpusga o׳tadi va eritma ikkinchi korpusda qay­nash haroratigacha soviydi. Bunda issiqlik ajralib chiqadi, natijada ma’lum miqdorda qo׳shimcha ikkilamchi bug` hosil bo׳ladi. Qurilmaning hamma korpuslarida (birinchidan tashqari) yuz beradigan bu hol eritmaning o׳z-o׳zidan bug`lanishi deb yuritiladi.


Download 60.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling