Umumiy tushunchalar. Bug`latish qurilmalarining tuzilishi Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari


-rasm. Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmasi


Download 60.49 Kb.
bet4/8
Sana23.11.2023
Hajmi60.49 Kb.
#1795534
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza

4.3-rasm. Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmasi:
1 — isituvchi kamera; 2 — separator; 3 — sirkulyatsiya quvuri;
4 — sirkulyatsiya nasosi

Bug`latilishi kerak bo׳lgan dastlabki eritma isitkich quvurlarining pastki qismiga nasos orqali beriladi, quyuqlashgan eritma esa separatorning pastki qismidan ajratiladi (3.3-rasm). Isituvchi quvurlar ichidagi suyuqliklarning sirkulyatsiya tezligi 2-2,5 m/s ni tashkil qiladi. Bunday qurilmalar quyidagi afzalliklarga ega: tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan quvurlarga nisbatan issiqlik o׳tkazish koeffitsienti 3-4 marta katta, kristallanuvchi eritmalarni bug`latishda isituvchi yuzada ifloslanishlar paydo bo׳lmaydi. Bu qurilmalarning asosiy kamchiligi shundaki, sirkulyatsiya nasosining ishlashi uchun qo׳shimcha energiya sarflanadi.


4.5.Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari.
Bunday qurilmalar sanoatda har xil meva sharbatlarini, yuqori haroratlar ta’siriga moyil eritmalarni bug`latish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalarda hosil bo׳lgan ikkilamchi bug` bosimi isituvchi bug`ning bosimiga teng bo׳lguncha siqiladi. Ikkilamchi bug`ni siqish uchun kompressorlar va bug` oqimli injektorlar ishla­tiladi. Issiqlik nasosiga ega bo׳lgan bug`latish qurilmalarida tashqaridan sarflangan energiya ikkilamchi bug` haroratini oshirish uchun xizmat qiladi. Qurilmani dastlab ishga tushirishda yangi bug` beriladi. Bu bug` bilan eritma qaynaguncha isitiladi. Keyinchalik bug`latish ikkilamchi bug` hisobiga boradi. Ish paytida nazariy jihatdan tashqaridan bug` talab qilinmaydi. Amaliy jihatdan esa tashqaridan bir oz bug` berib turish kerak, chunki eritmani isitish va issiqlik yo׳qolishlarini qoplash uchun qo׳shimcha bug` talab qilinadi.
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari eritma bilan erituvchining qaynash haroratlarining farqi past (5—10°C) bo׳l­gan vaqtda ishlatiladi. eritmaning qaynash harorati yuqori bo׳lsa, bu usul qo׳llanilmaydi, chunki ikkilamchi bug`ni siqish uchun ko׳p energiya sarf bo׳ladi.
Bug`latish qurilmasidagi isituvchi bug`ning solishtirma sarfi

Korpuslar soni



1



2



3



4



5



1 kg suvni bug`latish uchun sarflanadigan bug`ning miqdori, kg



1,1



0,57



0,4



0,3



0,27


Jadvaldan ko׳rinib turibdiki, qurilmalarning soni ko׳payishi bilan 1kg suvni bug`latish uchun zarur bo׳lgan isituvchi bug`ning sarfi kamayib boradi. Agar bir korpusli qurilmadan ikki korpusli qurilmaga o׳tishda bug`ning sarfi taxminan 50 foizga kamaysa, to׳rt korpusli qurilmadan besh korpusli qurilmaga o׳tishda bug`ning sarfi faqat 10 foizga kamayadi. Demak, aniq bir sharoit uchun korpuslarning maqbul soni topilishi zarur.



Download 60.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling