4.3. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari.
Bunday qurilmalar kristallanuvchi va ko׳pik hosil qiluvchi eritmalarni bug`latish uchun ishlatiladi. Bug`latgich ikki qismga: isituvchi kamera va separatorga ajratilgan bo׳ladi (3.2-rasm). Isitkich quvurlarida bug`-suyuqlik aralashmasi hosil bo׳ladi va separatorga o׳tadi. Separatorda ikkilamchi bug` ajraladi, suyuqlik sirkulyatsiya quvuri bilan isitkich quvurlariga qaytadi. Isitkich quvurlarining uzunligi 7 metrgacha etadi. Quvurlar uzunligining ortishi Bug`latilgan bilan sirkulyatsiyaning tezligi ham ko׳payadi, chunki bunday sharoitda quvurlarda hosil bo׳lgan bug`-suyuqlik aralashmasi va sirkulyatsiya quvuri ichidagi suyuqlik zichliklari o׳rtasidagi farq ortadi. Isitkichning separatordan alohida joylashishi quvurlarni tozalash va ta’mirlash uchun qulaylik yaratadi.
Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalarida eritmalarning
4.2-rasm. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmasi: 1 — isitkich;
2 — separator; 3 — sirkulyatsiya quvuri; 4 — tomchi ushlagich
sirkulyatsiya tezligi 1,5 m/s gacha etishi mumkin. Bunday bug`latish qurilmalarida issiqlik o׳tkazish koeffitsienti yuqori va ishlatish qulay bo׳lganligi uchun ulardan keng miqyosda foydalaniladi.
Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalarida isitkichlar vertikal, gorizontal va og`ma holda o׳rnatiladi.
4.4.Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari.
Quyuq, solishtirma og`irligi katta, qovushoqligi yuqori bo׳lgan eritmalarning tabiiy sirkulyatsiya tezligi juda kam bo׳ladi. Bu turdagi eritmalar yuqorida bayon qilingan bug`latish qurilmalarida bug`latilganda issiqlik o׳tkazish koeffitsienti ham kam bo׳lib, qurilmaning unumdorligi pasayib ketadi.
Sirkulyatsiya tezligini va issiqlik o׳tkazish koeffitsientini oshirish uchun majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari ishlatiladi. Suyuqliklarning sirkulyatsiyasi propellerli va markazdan qochma nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |