Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari


Qattiq jismning ilgarilanma harakati


Download 49.64 Kb.
bet10/21
Sana02.12.2023
Hajmi49.64 Kb.
#1779107
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari-hozir.org (1)

34.Qattiq jismning ilgarilanma harakati.
Jismning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi masofa o`zgarmasdan qolsa, u absolyut qattiq jism deb ataladi. Keyinchalik qattiq jism deganda absolyut qattiq jism tushuniladi. Jism harakati davrida unda olingan ixtiyoriy kesma o`z-o`ziga parallel ko`chsa, bunday harakat ilgarilama harakat deb ataladi. Masalan, velosiped pedalining harakati, to`g`ri uchastkada harakat qilayotgan avtomobil bortining harakati ilgarilama harakatdan iborat. Umuman ilgarilama harakatdagi jism nuqtasining trayektoriyasi egri chiziqdan iborat.


35.Qattiq jismning sodda harakatlari uning ilgarilama va aylanma harakatlaridir.
Jism harakati davrida undagi ikki nuqta qo’zg’almasdan qolsa, bu harakat aylanma harakat deyiladi. Aylanma harakat burchak tezligi. Burilish burchagining vaqt birli-gida o‘zgarishiga jismning burchak tezligi deyiladi. Burchak tezlikning miqdorini sh bilan belgilasak, ta’rifga quyidagi formuladan topiladi:
Jismning burchak tezligi shartli ravishda aylanish uqi bo’yicha yunalgan va uning musbat uchidan qaraganda aylanish soat strelkasi harakatiga teskari ko’rinadigan vektor deb qaraladi.
Jismning burchak tezligi doimo o‘zgarmay qoladigan harakat tekis aylanma harakat deyiladi.


36.Aylanma harakat. Burchak tezlik va burchak tezlanish.
Aylanma harakat burchak tezligi. Burilish burchagining vaqt birligida o‘zgarishiga jismning burchak tezligi deyiladi. Burchak tezlanishi. Burchak tezlikning vaqt birligi ichida o’zgarishi jismning burchak tezlanishi deyiladi. Burchak tezlanish miqdori ε bilan belgilanadi.
Burchak tezlanishi o’zgarmay qoladigan harakatgs tekis o’zgaruvchan aylanma harakat deyiladi.


37.Aylanma harakatdagi jism nuqtalarining tezlik va tezlanishi.
Jismning biror nuqtasidan aylanish o’qigacha bo‘lgan masofa h shu nuqtaning aylanish radiusi deb ataladi. V=h*ω da ω jismning burchak tezligi bo’lib, u jism hamma nuqtalari aylanish radiuslari uchun bir xildir. Ko’rinadiki, qo’zg’almas o’q atrofida aylanuvchi jism nuqtalarining tezliklari shu nuqtalar aylanish radiuslariga to’g’ri proporsionaldir, bunda jismning burchak tezligi proporsionallik koeffitsiyentini ifodalaydi. Qo’zg’almas o’q atrofida aylanuvchi jism har bir nuqtasining tezlik vektori shu nuqta trayektoriyasi bo’lmish aylanaga o’tkazilgan urinma bo’yicha, aylanish o’qi hamda aylanish radiusiga perpendikulyar ravishda, aylanish yo’nalishiga mos yo’naladi.



Download 49.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling