Umumiy tushunchalar Gender statistikasi


Gender statistikasi bo`yicha xalqaro majburiyatlar


Download 30.97 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi30.97 Kb.
#1404444
1   2   3
Bog'liq
Umumiy tushunchalar

Gender statistikasi bo`yicha xalqaro majburiyatlar
Gender statistikasining mustahkam xalqaro mandati Birlashgan Millatlar Tashkilotining xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to`g`risidagi Konvensiyasi (CEDAW), Pekin Harakat dasturi va Mingyillik rivojlanish maqsadlari asosida shakllantirilgan edi.
CEDAW Konvensiyasi ayollarning huquq va manfaatlari kompleks tarzda ko`rib chiqilgan yagona halqaro bitim bo`lib, xususan u hisobdorlikning eng muhim mexanizmlaridan biri deb hisoblanadi. CEDAWni ratifikatsiya qilgan yoki unga qo`shilgan davlatlar, yuridik jihatdan Konvensiyaning barcha nizomlarini amalda ro`yobga chiqarishlari va xar to`rt yilda olib borilayotgan ishlar to`g`risidagi ma`ruzalarda CEDAW qo`mitasiga hisobot berib borishlari shart. Ushbu hisobotning muhim asosi bo`lib gender statistikasi hisoblanadi, CEDAW qo`mitasi esa ko`p hollarda berilgan bayonotlarning asosliligini ta`minlash uchun gender statistikasi ma`lumotlarining zarurligi haqida ta`kidlab o`tadi.
Gender statistikasining muhimligi yana bir alqaro hujjatda o`z aksini topgan bo`lib, bu – Xotin-qizlar ahvoli bo`yicha 1995 yilda BMTning To`rtinchi xalqaro konferensiyasida qabul qilingan Pekin Harakat dasturidir. Ushbu hujjat strategiya va dasturlar ishlab chiqishda ayol va erkaklarning muhim sohalardagi o`rinlarini mos ravishda aks ettirish uchun hududiy, milliy va xalqaro darajadagi tashkilotlarni doimiy ravishda ma`lumotlarni jinsiy tarkibda (shuningdek yosh va boshqa holatlarda) yig`ish, tahlil qilish va shakllantirishga da`vat qiladi.
Ming yillik rivojlanish maqsadlari kabi, milliy va xalqaro darajada tasdiqlangan rivojlanish maqsadlari, gender statistikasiga bo`lgan talabning oshishiga turtki bo`ldi. Bir qator sohalardagi tengsizlikni, shuningdek ta`lim, ish haqi, xamda qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish kabi sohalardagi tengsizlikka barham berish maqsadida, jami 189 ta davlat hamkorlikda ish olib borish majburiyatini olishdi. BMTning Mingyillik deklaratsiyasida, sakkizta mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish yo`lidagi rivojlanishni baholashda foydalanish lozim bo`lgan miqdoriy ko`rsatkichlar ko`rsatib o`tilgan. Ushbu maqsadlar, ma`lumotlar jinsiy guruhlar kesimida va boshqa tavsiflarni aks ettirgan holda (masalan, shahar va qishloq joylarini taqqoslagan holda) bo`lishini va shu tarzda, jamiyatda turli guruhlarning ahvolini yaxshiroq tushunish maqsadida, ma`lumotlar umummilliy hisob-kitoblar doirasidan tashqariga chiqqan holda bo`lishini talab qiladi.
Dunyoda, gender statistikasi xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, hamda gender tenglikka erishish uchun zarur bo`lgan talab ekanligi to`g`risida yakdillikka erishildi, bu esa o`z navbatida ikkala holda ham qashshoqlikka barham berish, keng qamrovli iqtisodiy o`sishda va barqaror rivojlanishda muhim ahamiyatga egadir. Shu tariqa, hozirgi davrda gender statistikasi sohasi faqatgina gender tenglikka erishishga yo`naltirilgan faoliyatda muhim ahamiyatga ega bo`libgina qolmay, balki yaqin davrgacha gender jihatdan bog`liqligi yo`q deb hisoblangan sohalarning, ya`ni qashshoqlikka qarshi kurashish, atrof muhitni muhofaza qilish, byudjetni shakllantirish va moliyalashtirish kabi sohalarning rivojlanishi yo`lida olib boriladigan faoliyatda xam muhim ahamiyatga egadir.

Download 30.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling