Umumiy va ijtimoiy psixologiya
B.Skinner nazariyasi (1904-1990)
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijobiy mustahkamlash vaziyatga nimadir qo’shadi
B.Skinner nazariyasi (1904-1990)
“Rag’batlantirish va jazolash – yangi xulqning shakllanish poydevori” Odam hulqini ichki kuchlar orqali izohlash ilmiy asosga ega emas. Hulq-atvor to’laligicha tashqi muxit ta`siri orqali belgilanadi. Odamning hulqini, hayvonlar hulqi kabi “yasash”, hosil qilish va uni nazorat qilish mumkin. XX asrning 70 yillarida bixeviorizm, aniqrog’i neobixeviorizm oqimining taniqli vakillaridan biri Berrens Skinner edi. Uning fikriga ko’ra, odamning xulqi, tashqi muxit ta`siri ostida yuzaga keladigan vositalar(rag’batlantirish yoki jazolash)ga uzviy ravishda bog’liqdir, shuning uchun bola tarbiyasi muayyan bir stereotip(qolip)lar orqali amalga oshiriladi. Skinnerning hisoblashicha, odamning xulqi uning ehtiyojlari bilan emas, balki uni o’rab turgan muxit orqali belgilanadi, zero ehtiyojlarning shakllanishi – bu muxitning ta`siri va uning mustahkamlanishidan iboratdir. Odamning tashqi muxit ta`sirini qabul qilishi va o’zida mustahkamlay olish qobiliyati, o’z-o’zini saqlash instinkti negizida amalga oshiriladigan mashqlar orqali shakllanadi. Ijobiy mustahkamlash vaziyatga nimadir qo’shadi O’z ishini bajargan ishchi, pul oladi. Ota-onaning topshirig’ni bajargan bola, rag’bat oladi. Salbiy mustahkamlash vaziyatdan nimanidir chiqarib tashlaydi Bola, ota-ona noroziligidan qochish uchun o’zining joniga tekkan ishni bajaradi. Bolaga yon berayotgan ota-ona, uning tajovuzidan qochib, ana shu ishni bajaradi. Birlamchi Birlamchi ehtiyojlarni to’g’ridan-to’g’ri qondirishga asoslanadi. Oziq-ovqat, suv, kuchli sovuq va issiq havo, og’riqli xolatlar mustahkamlash shakllari sanaladi. Shartli Daslabki xolis qo’zg’atuvchi, birlamchi mustahkamlash shakllari bilan uyg’unlashib ketadi. Shartli mustahkamlash, pul. mehr-muhabbat, boshqalarning diqqat-e`tibori va qo’llab quvvatlashi kabi ko’rinishlarda aks etadi. Jazolash Jazolash, salbiy xulqni bosib turadi. Jazolash, ijobiy xilqni mustahkamlashdan mahrum etish yoki salbiy xulqni mustahkamlashdan iborat bo’ladi. Biroq jazolash barqaror samaraga ega bo’lmaydi: jazo, yoqimsiz xulqni to’xtatishi mumkin, lekin jazoning ortga surilishi, uni yana yuzaga chiqadi; jazo beruvchining odatiga aylanadi, aybdorga davomiy tarzda ta`sir etmaydi; jazolash, odam nima qilishi mumkin emasligini ko’rsatadi, lekin qanday harakat qilishi lozimligini aniqlamaydi! «Siz menga ijobiy shart-sharoit yaratib bering ... va men sizga kerakli odamni beraman!» B.Skinner Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling