Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-mavzu. Shaxs muomala sub’ekti sifatida va uning kompetentligi. Guruhiy jarayonlarda shaxslararo munosabatlar
- Muloqot jarayonida nizolarning kelib chiqish sabablari. Nizo - taraqqiyotga turtki boluvchi omil sifatida.
Pedagogik muloqot – bu muloqotning o’quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita, mazmunini tashkil etadi.
Muloqot muvaffaqiyatli bo’lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo’lishi, ya’ni sub’ekt o’zaro ta’sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o’zi uzatgan axborotni retsipient qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo’layotganligini qayta axborot ma’lumotlariga asos-lanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o’qituvchi o’quvchilarini qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa, pedagogik munosabat yaxshi bo’lmaydi. Ayniqsa, ma’ruza o’tayotganda bu juda muhimdir. 13-mavzu. Shaxs muomala sub’ekti sifatida va uning kompetentligi. Guruhiy jarayonlarda shaxslararo munosabatlar Reja: Muloqot jarayonida nizolarning kelib chiqish sabablari. Shaxslararo o'zaro muloqotda ziddiyatlarning paydo bo'lish ehtimoli: konstruktiv va destruktiv nizolar haqida tushuncha. Nizolarning shaxslararo muloqot jarayonida, ishlab chiqarish va ta'lim-tarbiya jarayonida kelib chiqish shart-sharoitlari. Muloqot va nizo munosabatidagi besh pozitsiyaning ahamiyati. Muloqot jarayonida nizolarning kelib chiqish sabablari. Nizo - taraqqiyotga turtki bo'luvchi omil sifatida. “Konflikt” so’zi, lotincha confliktus – to’qnashuv so’zidan kelib chiqqan va boshqa tillarga ham o’zgarishsiz kirib kelgan (inglizcha - conflict, frantsuzcha - conflit, nemischa - konflikt). Turli-tuman zamonaviy, maxsus bo’lmagan entsiklopediyalarda “konflikt (nizo)” so’zining ma’no jihatdan tahlili bir-biriga o’xshab ketadi. Odatda, nizoning mazmuni quyidagi bilimlar orqali ochib beriladi: 1.Ochiqchasiga uzoq muddatli kurash, olishuv yoki urush xolati. 2.Kishilar o’rtasidagi munosabatlardagi, g’oyalar yoki qiziqishlar orasidagi disgarmoniya(kelishmovchilik) xolati; qarama-qarshiliklar to’qnashuvi. 3.Bir vaqtning o’zida yuzaga kelgan, bir-birini inkor etuvchi impulьslar, istak-xoxishlar va tendentsiyalar natijasida paydo bo’lgan, psixik kurash. 4.Xarakterlar yoki kuchlarning o’zaro qarama-qarshiligi. “Grolier Multimediy Encyclopediy” (1988) tuzuvchilarning fikriga ko’ra, “konflikt” tushunchasining umumiy sinonimik qatorida bahs-munozara, raqobat, yakkakurash, kurash, janjal, kabi so’zlar mavjud. Raqobat, maqsadga erishish yo’lidagi do’stona musobaqaga ham, dushmanlik kurashiga ham taaluqlidir. Yakkakurash so’zi, qoidaga ko’ra, qurolli nizolashuvi haqida gap ketganda qo’llaniladi, kurash so’zi esa, aloxida raqiblarning o’zaro to’qnashuvi ma’nosini anglatadi. Janjal so’zida, taraflarning ochiq to’qnashuvi yoki shovqin-suronli tortishuv nazarda tutiladi. O’z navbatida, Comptons Interaktiv Encyclopedia (1996), bu sinonimik qatorni quyidagicha talqin etadi: koflikt(conflict), o’tkir kelishmovchilik, qiziqishlar va g’oyalar to’qnashuvidir va bu yerda natija emas, balki aynan jarayon ta’kidlab o’tiladi, raqobat kurash jarayoniga taaluqli bo’lib, u do’stona, yoki dushmanlik ruhida-ustunlik qilish orqali, kechadi. Kurash (fignt) – har qanday bahs, yoki nizo (quarrel) uchun umumiy so’z bo’lib, jismoniy yoki qo’l jangidagi yakkakurashni ta’kidlaydi. Antonimlar sifatida kelishuv(accord) va garmoniya(harmony) tushunchalari beriladi. Boshqa nashrlarda konsensus tushunchasi ham esga olinadi. Sinonimik qatorlar tahlili shuni ko’rsatadiki, “konflikt” tushunchasining deyarli o’zgarmas komponenti, doimo ikki tarafdagi oppozitsion(qarama-qarshi) kuchlarning o’zaro to’qnashuvi xisoblanadi. Konflikt tushunchasi atama(termin) maqomini(statusini) nisbatan ancha kech muddatda qo’lga kiritdi. Masalan, XX asr boshlarida Dj.Bolduin tahriri ostida nashr etilgan, uch tomlik “Slovarь filosofii i psixologii” kitobida faqat, “qonunlar konflikti” (Distionary of Philosophi and Psychology, 1901) tushunchasi keltiriladi xolos. Keyinchalik tushunchaning mazmun doirasi tez sur’atlarda kengaya boshlaydi. Ayrim shaxslarning o’zaro to’qnashuvi, ichki oilaviy nizolar, monopoliyalarning raqobatli kurashi, grajdanlar urushi, xarbiy to’ntarishlar, barcha tipdagi xalqaro ixtiloflar ham, konflikt(nizo)ning turli-tuman shakllari sifatida e’tirof etila boshlandi(Doronina, 1981). Rossiyadagi birinchi psixologik koferentsiyaning konflikt(nizo)lar bo’yicha materiallari shuni ko’rsatadiki, shaxslararo qiyinchiliklar, ichki shaxsiy kechinmalar, inqirozli xodisalar, psixoterapevtik ishlar predmeti va bolalarning o’quv masalalarini yechishda algoritmning buzilishi hamda shunga o’xshash xolatlar konflikt(nizo) deb ataladi. (Konflikt v konstruktivnoy psixologii, 1990). Xozirgi kunda konflikt(nizo) tushunchasini fan yoki amaliyotning muayyan bir sohasigagina tegishli deb bo’lmaydi. A.Ya.Antsupov, A.I.Shilov tomonidan konflikt(nizolar)ni tadqiq etish bo’yicha olib borilgan ishlarning fanlararo umumiy tavsifida, konflikt(nizolar)ni u yoki bu tarzda (chop etilgan ishlarning salmog’iga ko’ra) o’rganuvchi 11 ta soha ajratib ko’rsatilgan: psixologiya, pedagogika, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix, falsafa, xuquqshunoslik, xarbiy fanlar, san’atshunoslik, matematika, sotsiobiologiya. Konflikt(nizolar)ga oid tadqiqotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, turli sohalarda quyidagi tushunchalar qo’llaniladi: xalqaro konflikt(nizo), xarbiy konflikt(nizo), regional(mintaqaviy) konflikt(nizo), badiiy konflikt(nizo), millatlararo konflikt(nizo), ijtimoiy konflikt(nizo), mehnat, kriminal, ma’naviy konflikt(nizo), “shaxs-guruh” konflikti(nizosi), o’quvchilar, pedagogik jamoalardagi konflikt(nizolar). (Antsupov, Shipilov, 1996). Konflikt(nizo) masalasiga birinchilardan bo’lib, Z.Freyd, K.Yung, E.Erikson, K.Xorni, E.Bern, K.Levin, D.Dollard, A.Bandura, L.Berkovits kabi olimlar murojaat etishdi. Psixodinamik yondashuv tarafdorlari konflikt(nizo)ni, intrapsixik fenomen sifatida ko’rsatishdi, hamda shaxs to’g’risidagi o’z qarashlarini, uning rivojlanishi turli qarama-qarshilik va nizolar ostida kechadi deb asoslashdi. Nizolarni tadqiq etishdagi vaziyatli yondashuv, bixevioristik an’anada ro’yobga chiqdi. Kognitiv yondashuvlar nuqtai-nazariga ko’ra, konflikt(nizo)ni vaziyatning u yoki bu parametrlariga ko’ra sub’ektiv aks ettirishni e’tiborga olgan holda talqin etish mumkin, ular vaziyatning nizoli ekanligini baholashga asos bo’ladi va konflikt(nizo)lar fenomenologiyasiga izoh beruvchi asosiy omil jumlasiga kiradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling