Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Diqqatning ko’chuvchanligi
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
Diqqatning ko’chuvchanligi odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ko’chuvchanligi diqqatning bo’lunuvchanligi bilan bog’liq xususiyatdir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, diqqatning ayni bir vaqtda birdaniga bir necha narsaga qaratilishi, ya'ni diqqatning bo’linishi o‘z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga juda tez ko’chishidan iboratdir. Ana shu jihatdan olganda diqqatning ko’chuvchanlik xususiyati juda ko’p faoliyat va uning turlari uchun zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, hikoya o’qib berish mashg’ulotida bolalar o‘z diqqatlarini hikoya eshitishdan surat ko’rishga, undan so’ng yana eshitishga bemalol ko’chira olishlari kerak.
Agar maktab o’quvchilariga nisbatan oladigan bo’lsak, o’quvchilar o‘z diqqatlarini bir dars predmetidan boshqa bir dars predmetiga bemalol ko’chira olishlari kerak. Aks holda o’quvchilar o’tgan dars ta'sirida o’tirib, yangi darsning mazmunini sifatli o‘zlashtira olmaydilar. Diqqat hamma vaqt ham bir narsadan ikkinchi narsaga, bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyat turiga osonlik bilan ko’cha bermaydi. Ba'zan qiyinchiliklarga to’g’ri kelib qoladi. Albatta buning o‘z sabablari bordir. Masalan, bunday sabablardan biri - diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsalar yoki harakatlar o’rtasida bog’lanish bor yoki yo’qligiga bog’liq. Agarda diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsalar o’rtasida ma'lum jihatdan mazmuniy bog’liqlik bo’lsa, diqqatimiz osonlik bilan ko’chadi. Odamning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan narsalarga ham diqqat yengillik bilan ko’chadi. Shunday qilib, diqqatning ana shu yug’orida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari odamning barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli tuman o‘zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya'ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi. P.Ya.Galperinning nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Uning nazariyasida quyidagi holatlarga e’tibor qaratilgan: Diqqat yo‘naltirilganlik xususiyatiga ega va inson psixikasining eng muhim jihati bo‘lib, boshqa psixik fenomenlardan shunisi bilan farqlanadi. Diqqatning asosiy funksiyasi — harakat va psixik hodisalar ustidan nazorat o‘rnatishdan iborat. Har bir harakat asosida yo‘lganlik, bajarish va nazorat qilish yotadi. Bu eng oxirgi holatdir. Harakatlardan farqli ravishda diqqat faoliyatning mahsulini ta’minlaydi. Diqqat mustaqil harakat sifatida faqatgina aqliy faoliyatdagina namoyon bo‘ladi. Lekin, har qanday o‘z-o‘zini nazorat qilish diqqatni tavsiflamaydi. Diqqat o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayonini samaradorliligini oshiradi. Agar diqqatni faoliyat sifatida ko‘rib chiqsak, psixik nazorat diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakterini tavsiflaydi va aqliy haraatlarni shakllanishini ta’minlaydi. Ixtiyoriy diqqat faoliyatning mahsuldorligini ta’minlaydi. Diqqat boshqa bilish jarayonlari kabi rivojlanish bosqichlariga ega. Inson hayotining birinchi yilida bolada ixtiyorsiz diqqat rivojlangan bo‘ladi. Bola dastlab faqatgina tashqi ta’sirlargagina javob qaytaradi. Bu holatda tashqi qo‘zg‘atuvchi yorqinlik harakteriga ega bo‘lishi kerak, masalan qorong‘u xonadan yorug‘ xonaga o‘tishi bilan yoki qattiq tovush eshitilishi bilan kuzatiladi. Hayotining uchinchi oyidan boshlab esa, bola o‘z hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlarga faol qiziqa boshlaydi va diqqati ularga yo‘naltiriladi. Bola hayotining beshinchi va yetinchi oyida predmetlarga uzoq vaqt diqqatini qarata oladi va ularni ushlab, paypaslaydi va og‘ziga solib ularni o‘rganishga intiladi. Ayniqsa, yorqin va aniq predmetlarga qiziqish oratadi. Bu holat ixtiyorsiz diqqatni yetarlicha rivojlanganligini anglatadi. Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi inson umrining birinchi yilini oxiri va ikkinchi yilning boshlarida shakllana boshlaydi. Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi va shakllanishi bola tarbiyasi bilan bog‘liq. Bolani o‘rab turgan muhit uni nima qilishga emas, nimani qanday qilishga o‘rgatadi. N.F.Dobrininning fikricha, tarbiya natijasida bola o‘rgatilgan vazifalarni ongli ravishda bajarishga intiladi. Bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlanishida o‘yinning o‘rni beqiyosdir. Bola o‘yin jarayonida o‘z xatti-harakatlarini koordinatsiyalashga va ma’lum bir qonun qoidalarga buysundirishga intiladi. Ixtiyoriy diqqat bilan hamkorlikda ixtiyorsiz diqqat ham shakllanadi. Bolaning o‘z hayoti davomida predmtlar va hodisalar bilan tanishib borishi natijasida uning diqqati ko‘lami ham ortib boradi va qiziqiqshlar doirasi kengayadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning diqqatida ixtiyoriy diqqatning beqaror bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bola tashqi qo‘zg‘atuvchilarga tez beriladi. Uning diqqati haddan tashqari emotsional — bolada o‘z xissiyotlarini boshqarish ko‘nikmasi yaxshi rivojlanmagan. Shu bilan birga ixtiyorsiz diqqat yetarlicha barqaror, uzoq muddatli va konsentratsiyalashgan. Bolada irodaviy xarakatlarni rivojlantirish orqali uning ixtiyoriy diqqati shakllana boshlaydi. Ixtiyoriy diqqatning shakllanishiga maktab ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Maktabdagi o‘quv topashiriqlari boladagi ixtiyoriy diqqatni rivojlanishiga olib keladi. Bola bir soat o‘quv mashg‘ulotida o‘tirish orqali u o‘z xulq-atvorini nazorat qilishni o‘rganadi. O‘quv yilining boshida darslarda o‘tirish bola qiyinchilik tug‘dirgani uchun malakali pedagoglar o‘z darslarini rang-barang o‘tkazishga intiladilar. Shu bilan birga bu davrda bolada ko‘rgazmali-obrazli tafakkur shakllangan bo‘lishini ham hisobga olish kerak. Yuqori sinflarda diqqatning rivojlanishi yuqori darajaga chiqadi. Maktab o‘quvchisi endi uzoq muddat bir faoliyat turi bilan shug‘ullanishi va o‘z xulq-atvorini nazorat qilishi mumkin. Bir narsani alohida e’tiborga olish lozim, diqqatning rivojlanishiga faqatgina tarbiya emas, balki yosh xususiyatlari ham ta’sir etadi. Masalan, 13-15 yoshdagi psixofiziologik o‘zgarishlar ham inson organizmida qo‘zg‘aluvchanlik yoki tushkunlik ortadi, bu esa diqqatning barqarorligini biroz susaytiradi. L.S.Vigotskiy o‘zining madaniy-tarixiy konsepsiyasida diqqatning rivojlanish qonuniyatini ochib bergan. Uning fikricha diqqatning rivojlanishiga ikki tomonlama ta’sir etiladi. Birinchi tomoni – bolani o‘rab turgan yorqin va o‘ziga xos predmetlar olamidir. Boshqa tomoni esa — kattalarning nutqi, so‘zlari. Xulosa qiladigan bo‘lsak, bola diqqatini rivojlanishi ikki bosqichda kechadi. Birinchisi — maktabgacha tarbiya yosh bosqichi, tashqi olamdagi predmetlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jarayon. Ikkinchisi — bolaning ichki diqqatini shakllanishiga asos bo‘luvchi, aqliy faoliyatni ta’minlaydigan diqqatning barqarorligini shakllantiruvchi maktab davridir. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling