Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Download 0.74 Mb.
bet73/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Xotira haqida tushuncha
Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g‘oyaviy yo‘nalishi katta o‘rin egallaydi. Bu yo‘nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi o‘zining shu faoliyati uchun muhim bo‘lgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega bo‘lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o‘rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. «Indvidning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.G‘oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. «Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik faoliyatdir».
Shuni ta’kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta’rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to‘la ta’kidlash imkoniyatiga ega.
Memorythe ability to reproduce past experience; one of the fundamental properties of the nervous system, manifested in the abilityto store information concerning bodily reactions and events in the environment and to introduce this information repeatedlyinto the consciousness and behavior over a long period of time.
Shaxsning yo‘nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz ko‘pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, o‘quvchilar hamma fanlarni bir xil o‘zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o‘qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emotsional munosabati ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta’sirlansak, o‘sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog‘liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o‘zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, ko‘nikma va odatlariga ham bog‘liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Shaxs o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalari asosida o‘zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya’ni shaxsiy tajribani to‘plash bilan bog‘liqdir. To‘plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini organish buyicha uchta nazariya mavjuddir. Bular psixologik, neyrofiziologik xamda bioximik nazariyalardir.
Memory research uses the methods of a number of branches of science: clinical and experimental psychophysiology, thephysiology of behavior, morphology and histochemistry, the electrophysiology of the brain and certain neurons,pharmacology, and analytical biochemistry. Depending on the problem under investigation, research on the mechanisms ofmemory uses various subjects, ranging from man to cultures of nerve cells.
Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jixatdan eng eski nazariya bolib, u fanda kop va turli – tuman nazariyalarning olga surilganligi bilan mashxurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol oynashligi va bunda faollikning moxiyatiga kanday yondoshuv zarurligi bilan baxolash mumkin.
Psychology. By establishing a link between past states of the psyche, the present, and processes of preparation for futurestates, memory imparts cohesiveness and stability to the life experience of man, ensures continuity of existence for thehuman “ego,” and thus acts as one of the prerequisites for the formation of individuality and personality. Nazariyaning birinchi guruxi assotsiativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga kora, muayyan psixik xosilalar ongda bir vaqtning ozida yoki bevosita birin-ketin paydo bolsa, u xolda xosilalar ortasida assotsiativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir kismi takroran paydo bolishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assotsiatsiyalar uch turli boladi: oxshashlik, yondoshlik vaqarama – qarshilik assotsiatsiyalari.
Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari xaљidagi fiziologik nazariyalar bilan bogliqdir. Bu nazariyaning asosini I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari xaqida» gi ta’limotining eng muxim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga kora xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada xosil boladigan muvaqqat boglanishlar tashkil etadi. Ana shu boglanishlar qanchalik mustaxkam bolsa, esda olib qolish xam shunchalik yaxshi boladi. Ana shu muvaqqat boglanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, sonib, yoq bolib ketishi esa unutishga sabab boladi.
Bioximik nazariya. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini urganishning neyrofiziologik usuli bioximik tadkikotlar darajasiga tobora yakinlashib va kushilib ketmokda. Bu usul ushbu fanlarning uzaro tutashgan joyida olib borilayotgan kuplab tadkikotlarda uz tasdigini topdi. Bioximik nazariyaning moxiyati kuyidagidan iborat. Birinchi boskichda (kuzgovchining bevosita ta’siridan sung) miya xujayralarida asl xoliga kaytuvchi fiziologik uzgarishlarni keltirib chikaradigan kiska muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi boskich birinchi boskich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oksil moddalarning xosil bulishi bilan boglik bulgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi boskich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni kiska muddatli esda olib kolishning fiziologik mexanizmi deb xisoblaydilar. Xujayralarda kaytarilmaydigan uzgarishlarga olib keladigan ikkinchi boskich uzok muddatli xotiraning mexanizmi xosoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashki kuzgovchilar ta’siri ostida nerv xujayralarida ruy beradigan uziga xos ximiyaviy uzgarishlarning izlarini mustaxkamlash, esda saklab kolish va yana kayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling