Umumiy va ijtimoiy psixologiya


His-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi


Download 0.74 Mb.
bet76/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

His-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi. Bu xotira his-tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar, ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira turi deb ataladi. Boshimizdan kechirgan va xotiramizda saqlanib qolgan hissiyotlar harakatga undovchi va o‘tmishda salbiy kechinmalarga ega bo‘lgan harakatlardan saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo‘ladi.
Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har bir odamga o‘z turmush tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha, qachonlardir o‘qigan kitoblar, tomosha qilgan kinofilmlar faqat «taassurotlar», bog‘lanishlar zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun hissiy xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi, iliq ruhiy muhitni vujudga keltirish yoki noxush kechinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida mulohaza yuritilayotgan alomati ostida ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi.
Obrazli xotira – tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar shakllar, bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. Obraz xotirasi deb yaqqol mazmunni, binobarin, narsa, hodisa-larning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug‘ilganida esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib ko‘rsatiladi va ular quyidagilardan iborat. Izchil obrazlar sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shakli izchil obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuziladi: agar sub’ektga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan 10-15 sekund yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng tekshiruvchi oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o‘rnida xuddi shunday geometrik shakl izini ko‘rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko‘pligi rangda tovlanadi. Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo‘lib, 15 sekunddan to 45-60 sekundgacha o‘sha ob’ektda saqlanib turadi, shundan so‘ng asta-sekin oqara boshlaydi. Natijada o‘zining aniq qon turini yo‘qotadi, keyinchalik mutlaqo yo‘qolib ketadi. Goho butunlay yo‘qolishi uchun qaytadan paydo bo‘lishi mumkin. Odamlarning individual psixologik xususiyatlariga qarab, izchil obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. O‘zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan izchil obrazlar salbiy va ijobiy turlarga bo‘linadi. Agar kuchli ravishda odam qizil rangga qarab turib, so‘ngra nigohini oq qog‘ozga ko‘chirsa, u holda ob’ektda ko‘k-yashil rang paydo bo‘lganday ko‘rinadi. Izchil obrazlarning ushbu turi salbiy, izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa, quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo‘ladi. Qorong‘u xonada ko‘z oldida bir narsaga, masalan, qo‘l yaqinlashtirilsa so‘ngra qisqa muddatli (0,5 sek) elektr chirog‘i yoqilsa, bu holda chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq obrazini ko‘rishda davom etadi. Mazkur obraz o‘z rangida bir qancha muddat saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi.
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo‘la oladi. Chunonchi, hodisalarga qarab uzaytirish ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihatlari bilan farqlanadi. Izchil obrazlarning eshitish turi orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo‘lishini va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi. Eydetik obrazlar psixologiyada izchil obrazlardan eydetik obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan bo‘lib, “eydos” yunoncha “obraz” degan ma’noni anglatadi. Xotiraning bu turi, ya’ni eydetik obrazlar o‘z vaqtida nemis psixolgiya maktabining namoyondalari aka-uka Yenishlar nomidan ta’riflab berildi. Ba’zi odamlar shu davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib qo‘yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarni kuzatish mumkin. Bu hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirib ko‘rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan so‘ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan bo‘lsalar, aniq texnik obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasmni davom etishgandek har bir savolga aniq javob berishga erishganlar.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning yo‘llari yopilib qolgan bo‘lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliklarsiz ularning siymosi qayta tiklanishi mumkin.
Rus psixologiyasida eydetik obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi A.R. Luriya tomonidan ko‘p yillar davomida o‘rganilgan va shunga ko‘ra eydetik xotiraning individual tipologik xususiyatlari chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik obrazlar harakatlanish xususiyatiga ega bo‘lib, sub’ektlarning oldiga qo‘yilgan vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida o‘zgartirish mumkin.
Aka-uka Yenishlar tomonidan o‘tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga ega bo‘lgan tekshiruvchiga olma va undan sal uzoqroqda joylashgan ilmoq tasvirlangan rasm ko‘rsatilgan. Rasm o‘rtasidan bo‘lib, qo‘yilgandan keyin tekshiruvchida olmani olib qo‘yish istagi kuchayib borayotgani so‘ralgan. Muayyan yo‘l-yo‘riq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilmoq olmaga yaqinlashib, uni iladi va ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obrazlar harakatchan bo‘lib, sub’ektning ruhiy ko‘rsatmasi ostida sifat va miqdor o‘zgarishiga yuz tutadi. Ilmiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, eydetik obrazlar bolalik va o‘spirinlik davrlarida muayyan muddat xukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan asta-sekin so‘na boradi.
Psixofarmokologik tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, eydetik obrazlarni kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kalsiy ionlari moddalari mavjuddir. Ilmiy izlanishlardan olingan miqdoriy materiallar eydetik obraz paydo bo‘lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
So‘z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o‘zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so‘zma-so‘z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Agar ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda materialni so‘zma-so‘z o‘zlashtirish, mantiqiy o‘rganish bo‘lmasdan, balki aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi. So‘z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki so‘z mantiq xotirasi faqat insongagina xos bo‘lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o‘zining sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo‘lgan harakat, his-tuyg‘u va obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan so‘z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa turlarning rivojlanishi so‘z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog‘liqdir. So‘z-mantiq xotirasining o‘sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko‘ra xotira ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling