Umumiy va ijtimoiy psixologiya
Download 0.74 Mb.
|
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtiyorsiz esda qoldirish i
- Ixtiyoriy esda qoldirish
Xotira jarayonlari
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya po‘stida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya po‘stida muvaqqat nerv bog‘lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o‘zining faolligi jihatidan ikkiga bo‘linadi: a) ixtiyoriy esda qoldirish; b) ixtiyorsiz esda qoldirish. Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. O‘zining go‘zalligi, hissiy ta’sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qo‘yib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar. Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi: maqsad qo‘yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad; o‘quv materiallarini tushunib esda qoldirish; esda qoldirishning ratsional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo‘li bilan esda qoldirish. Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol o‘ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog‘liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba’zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo‘lsa, shu faktlarga tegishli bo‘lgan hamma narsalar oson esda qoladi. Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo‘lsa ham ko‘pincha noaniq bo‘ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi. Ixtiyoriy esda qoldirish ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o‘zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash bilan qo‘llanilishi foydalidir. Nemis psixologi German Ebbingauz xotira jarayonlarini tadqiq qiladi U ma’nosiz 3 harflardan iborat o’rtda unli ikki chekkada undosh bo’lgan harflarni yozadi. U har yerdan tanlab, takrorlaydi. Va o’zini test qiladiUshbu ro’yhatni bir kun o’rganib o’zidan so’ng ebbingauz bir nechta so’zlarni ayt deydi lekin ular butunlay esidan chiqib ketadimi? Ebingauz shuni topdikiki u qanchalik so’zlarni bir kundan ko’p qaytarsa ikinchi kunda bu so’zlarni qaytarishi kamroq vaqt ketgazgan ekan Biz qanchalik yangi a cxborotlarni o’rganganimizda ko’p vaqt sarflar ekanmiz shunchalik ko’p eslab qolamiz Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud: Ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish. Egallash yoki o‘zlashtirish zarur bo‘lgan materiallarni ko‘rib idrok qilish yordamida esda olib qolish. Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling