Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Download 0.74 Mb.
bet91/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki. bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalaming muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalaming muhim bo’imagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi tafakkurning mustaqil ob'ekti bo’lib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, balki devoming og’ligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba’zi planetalar, ayrim tosh va hokazolaming ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata turib ulaming bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza yuritiladi. Buyumlarni narsa va hodisalami jism va predmetlami bir-biri bilan taqqoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalaming mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga, tezligiga, og’irligiga, qiymatiga va shu kabi o’xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi. Abstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi.
Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o’xshash muhim belgilaming shu narsalar to’g’risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo'yicha yagona yo’nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar. Shuningdek, maktab ta'limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to’g’risida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta'limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, N.AJMenchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qo’Ilashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki tiiri: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko'proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob'ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta'kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va taiaba ba'zan predmetlami muhim bo’imagan belgisiga asoslanib noto’g’ri umumlashtiradilar, vaholanki. topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning qimoyachilari noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilan
Umumlashtirish abstraksiyalash operasiyasidan ajralgan holda sodir bo’lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo’iishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoiiyatida narsa va hodisalaming o’xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o’xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar biriashtiriladi.
Umumlashtirish jarayoni so’z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki. bunda ham o’z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag’in anaiiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib o’rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko’rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob'ektiv qonuniyatiami muhim belgilari bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob'ektiv qonuniyatiami ochish mumkin bo’ladi. Yaqqol-ko’rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo’yicha umumlashtiriladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling