Umumiy va ijtimoiy psixologiya


Download 0.74 Mb.
bet93/151
Sana04.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1424867
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151
Bog'liq
umumiy va ijtimoiy psixologiya majmua

Tafakkur shakllari
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Hukmlar. Narsa va hodisalaming belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Hukmlar ob'ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo’ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o’zaro bog’liq bo’lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog’liq ravishda ko’rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko’rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini o’tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini o’tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir.
Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib ko’rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida yomg’ir yog’yapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ulaming biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatiariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo’linishi mumkin:

  1. Hukmlar sifatiga ко’ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;

  2. Hukmlaming miqdoriga qarab: yakka, juz’iy, xususiy va umumiy hukmga;

  3. Hukmlaming nmnosabatiga ко 'ra: shartli, ayruvchi, va qat’iy hukmlarga;

  4. Hukm taxmimy ко ’rinishga ega bo ’lishi ham mumkin.

Bu hukmda aks ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechog’lik muhim bo’lishiga yoki voqelikka mos kelish-kelmasligiga bog’liq. Masalan, ertaga yomg’ir yog’ishi mumkin. Paxta rejasi to’lib qolsa kerak.
Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar hukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bog’liqligi borligi aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi hnkm deb ataladi. Masalan, O’zbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qurilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolg’iz narsa va hodisa to’g’risidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Masalan, Toshkent - O’zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daiyolardan biridir. Belgining biror turkumigagina taalluqliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm juz'iy hukm deb ataladi. Masalan, ba'zi metallar elektr tokini o’tkazmaydilar. qarzdor talabalar sessiyaga qo’yilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalari majburiyatga yarasha mehnat qilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va hodisalaming hammasi to’g’risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb ataladi. hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan* agar talaba sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u yaxshi va a’lo baholar oladi. Agar o’quvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni o’zlashtira olmaydi. hukmda narsalar va hodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta unga tegishli bo’lsa, bunday hukmga ayruvchi hukm deb ataladi. Masalan, jismlar yo qattiq, yoki suyuq, yoki gazsimon holda bo’ladi.
Narsa bilan belgi o’rtasidagi aloqaning bor yoki yo'qligi qat'iy shaklda aks ettirilsa qat’iy hukm deb ataladi. Masalan, bahorda barcha joylarda ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish kimyoviy jarayondir.
Narsa va hodisalar bilan ulaming xususiyatlari o’rtasida aloqa bo’iishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson o’z fikrlarini quyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin. Ehtimol, Marsda organik hayot bordir. XXI asming oxirlarida fan-texnika yanada rivojlanib, taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik hukmlari deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar o’rtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz o’z fikrimizni mana bunday shaklda izhor qilamiz. Fakultet kutubxonasida ko’p yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi kimyo xonasi juda yaxshi uskunalar bilan jihozlangan. Bunday hukmlar voqelik (assertorlik) hukmlari deb ataladi.
Hukmning shunday yuqori shakli bork.i, unda faqat haqiqatda bo’lgan voqea qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususivatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab beriladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik g'alaba qozonishi muqarrar. sezgilarning intensivligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Bunday hukmlar zaruriy (apodiktik) hukmlar deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa, voqelik, hodisa bilan uning xususiyati o’rtasida mustahkam bog’lanish borligini va bu bog’lanishga zid keladigan boshqa bir holning bo’iishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yo’l bilan hosil qilinishi ta'kidlab o’tiladi. Birinchi yo’l bilan hukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo’lgan narsalarning bevosita o’zi ifodalanadi. Ikkinchi yo’l bilan esa bevosita mulohaza yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birlamchi yo’li aks ettirilgan. Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan hukmning to’g ’riligi amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo’l bilan hukm chiqarishga misoldir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling