Psixoanalizda rivojlanish talqini. Z.Freydning klassik psixoanalizi
Bola rivojlanishining psixoanalitik nazariyasi
Psixoanaliz davolash metodi sifatida yuzaga kelgan, lekin keyinchalik psixologik faktlarni to’plash vositasi deb qabul qilingan, bu esa butun bir oqim, yo’nalish va tizim uchun asos bo’lib xizmat qilgan.
Asosiy xolatlar:
Katta yoshdagi shaxsning kasalliklari, bolalikda bochdan kechirilgan hissiy kechinmalar bilan bog’lanadi;
Bolalikdagi kechinmalar shahvoniy tabiatga ega (otaga, onaga nisbatan muhabbat va nafrat hissi, aka yoki opaga nisbatan rashk tuyg’usining mavjudligi);
Bolalik tajribalari kattalar xulqiga anglanmagan holda ta`sir ko’rsatadi;
Ongsizlik xolati – odam xulqining muhim determinanti(sababchisi) xisoblanadi.
Psixikaning ontogenezda rivojlanishini aniqlashga doir psixoanalitik yondashuv Avstriyalik psixiatr, psixonevrolog Zigmund Freyd (1856-1939) tomonidan ishlab chiqilgan. Freydning ko’rsatishicha odam shaxsi, o’zida uchta tuzilmani mujassam etadi – U(ID), MEN(EGO), OLIY-MEN(SUPER EGO), ular bir vaqtning o’zida yuzaga chiqmaydi.
«U» (Id) — lazzatlanish, rohatlanish tamoyiliga bog’liq bo’lgan instinktiv mayllarni qamrab oladi;
«Men» (Ego) — tashqi olam bilan bilvosita aloqaga kirishuvchi psixologik instantsiya;
« Oliy Men»(Super-Ego) o’z ichiga ijtimoiy ta’qiqlar, qonun tusiga kirgan majburiy tartib qoidalar va ideallarni oladi.
«Men» (Ego) reallik tamoyiliga asoslangan holda inson psixikasida harakatlanuvchi qarama-qarshi kuchlarni muvofiqlashtirish funksiyasini bajaradi.
Freydning ta`kidlashicha, avloddan-avlodga nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllar zamirida shaxs faollik ko’rsatadi.
U (ID)
Shaxsning primitiv yadrosi: U(ID) tuzilmasi tug’ma bo’lib,ong ostida joylashgan bo’ladi va “rohatlanish” tamoyiliga bo’ysunadi.
ID o’zida tug’ma, qo’zg’aluvchan mayllarni saqlaydi va psixik taraqqiyotning energiya(quvvat) manbaini tashkil etadi.
Men (Ego)
Shaxsning ratsional va anglangan tuzilmasi.
Biologik yetilishga ko`ra, hayotning 12 va 36 oylarida yuzaga keladi hamda reallik tamoyiliga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |