2.1.1. Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy pedagogikaning mohiyati
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llarini, qonun-qoidalarni izlaganlar. Darhaqiqat, insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika ta’lim va tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika-grekcha so’z bo’lib, "paydogogos" -"bola yetaklovchi" ma’nosini anglatadi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarini o’zgarib borishi natijasida pedagogika (Bolani to’g’ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida o’z mavqeiga ega bo’ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida «pedagogika» dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o’rin egalladi.
Bu mavzu orqali siz pedagogika fanining metodologik asoslari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, milliy pedagogika haqida shuningdek, mutafakkirlarning xalq pedagogikasiga oid qarashlari, milliy pedagogikaning yuzaga kelishida ma’rifatparvar olimlarning hissasi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishasiz, mavzu bo'yicha berilgan mashq va topshiriqlar orqali o'z bilimlaringizni mustaxkamlaysiz.
=> Pedagogikaning dolzarb masalalari bo‘limini o‘rganishni boshlashdan avval quyidagi savolga o‘z fikringizni bayon eting.
“Beshikdan qabrgacha ilm izla”. Bu xalq maqolida pedagogik jarayonning qaysi tamoyillari aks etgan?
Marhamat qilib bildirgan fikrlaringizni Forumda boshqa ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashing.
Quyidagi maqolda pedagogik jarayonning qaysi tamoyillari aks etgan:
“Beshikdan qabrgacha ilm izla”. Bu xalq maqolida pedagogik jarayonning qaysi tamoyillari aks etgan? O`z fikringizni bildiring
=> Mavzu bo‘yicha kengroq ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lishni xohlasangiz kursorni quyidagi belgi ustiga qo‘yib sichqonchaning chap tugmachasini bosing, “Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy pedagogikaning mohiyati” matnini o‘z kompyuteringizga yuklab oling, so‘ngra diqqat bilan o‘qib chiqing.
Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari Файл
Do'stlaringiz bilan baham: |