Umumkasbiy fanlar bloki
Pedagogikaning metodologik asoslari
Download 0.5 Mb.
|
pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Pedagogikaning metodologik asoslari.
Qadimgi Yunoniston Suqrot, Aristotel, Platonlar g’oyaga asoslangan o’zlarining inson kamolati va tarbiya masalalarining falsafiy negizini yaratgan. Aristotel «Iskandarga qilgan nasixati» da insonni eng yuksak fazilati taqvodorlik, imonli, ilmli bo’lishligini alohida ta’kidlagan edi: Farobiy shaxslar yozish orqali, SHarq falsafasini yaratdi. Ovrupada Ibn Sinoning «Tib qonuni» asari qanot yoygan, unda ham inson kamolatining qonun-qoidalari, falsafasi beriladi. Pedagogika ilmining asosini yaratishda Xadis, Qurhoni Karim, ya’ni Islom ta’limoti katta rol o’ynaydi. Xalq og’zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari, nasixatnoma, pandnoma va vasiyatnomalarda komil insonni tarbiyalash qonun, qoida va metodlari aks etgan. Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida qomusiy mutafakkir va pedagoglarning o’rni diqqatga sazovardir. Al-Xorazmiy, Ibn-Sino, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, A.Navoiy, Voiz Koshifiy, chex olimi Yan Amos Komenskiy, shveytsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalotstsii, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o’z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini yaratdilar. Hozirda barkamol inson tarbiyasidagi g’oya va ta’limotlarni o’rganib unga suyangan xolda milliy mafkurasini mustahkamlash bugungi kunning asosiy talabidir. Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil, uslub va vositalari, umuman har bir inson uchun zarur bo’lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo’lishi kerak. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug’ullanganligi sababli unga hamma fanlar ko’maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko’rsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o’sha fanning qonun-qoidalariga suyanadi. Tarix Har bir o’quvchi, o’qituvchi-tarbiyachi ona yurti tarixini bilishi, vatanparvar bo’lishi lozim. Ta’lim-tarbiya tarixi pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib o’qituvchilik qilish mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o’tmishidagi taraqqiysini bilmoq kerak. Psixologiya O’qituvchi o’quvchilariga bilim berish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta’sir ko’rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya’ni, ko’rsatilgan ta’sirning samarasini bilish uchun o’quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat, tafakkur va fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta’sir ko’rsatish rejasini belgilaydi. Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiologiya kabi fanlar bilan ham uzviy bog’langandir. Ma’lum ma’noda o’quvchilarga xizmat qiladigan psixologiya turkumidagi fanlar ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin. Falsafa Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. CHunki, hozirgi ta’lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlash taraqqiyotning maxsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi, ta’lim va tarbiyaning obhektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo’ladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling