Umumkasbiy fanlar bloki


Mavzu. “Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy pedagogikaning mohiyati” mavzusi bo’yicha ma’ruza matni va uning ilovalari


Download 0.5 Mb.
bet4/28
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
pedagogika

2.1.1. Mavzu. “Pedagogikaning nazariy-metodologik asoslari. Milliy pedagogikaning mohiyati” mavzusi bo’yicha ma’ruza matni va uning ilovalari
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llarini, qonun-qoidalarni izlaganlar. Darhaqiqat, insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika ta’lim va tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika-grekcha so’z bo’lib, paydogogos-bola yetaklovchi ma’nosini anglatadi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarini o’zgarib borishi natijasida pedagogika (Bolani to’g’ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida o’z mavqeiga ega bo’ldi. SHu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida «pedagogika» dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o’rin egalladi.
Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog’langan holda barkamol insonni voyaga yetkazishdir.
Insonni tarbiyasi haqidagi g’oyalar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda, yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib, boyib borishida SHarq va G’arb qomusiy olim-pedagoglarining o’rni kattadir. Faylasuf Farobiy o’zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab berdi. Ibn Sinoning «Tadbir almazil», Umar Hayyomning «Ruboiy»larida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma»sida, Alisher Navoiyning «Maxbubul-Qulub»ida..., g’arbda Suqrot, Aristotel, Platon o’z ijodlarida, ayniqsa Platonning «Davlat», Aristotelning «Siyosat», Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» asarida I.G.Pestalotsii, Gerbart, K.D.Ushinskiylar o’z ijodiy pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi tarbiya muammosiga turli munosabat bildirib, pedagogika tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar. Ma’rifat darg’asi Abdulla Avloniy «Turkiy Guliston yoxud ahloq» asarida pedagogika faniga quyidagicha ta’rif bergan edi:
«Pedagogiya-yahni bola tarbiyasining fani demakdir. Ilmi-axloqning asosi tarbiya... Bolaning salomatligi, soadati uchun uni yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq, unga yaxshi xulqlarni o’rgatmoq, yomon xulqlardan saqlab o’stirmoqdir». Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak ma’naviyatni, milliy mafkurani shakllantiruvchi, qonun-qoida va metodlarni o’rganuvchi xodisalar doirasidagi fandir.
Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o’zining nazariy va ilmiy asoslariga ega.
Pedagogikaning nazariy asoslari: pedagogika fanining nazariy asoslari inson kamolatiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga O’rta Osiyo va jahon ma’rifat’arvar, mutafakkir olimlarning asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, o’qitishning qoida va umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Pedagogikaning milliy asoslari: pedagogikaning milliy asosi ta’lim masalalarini har bir millatning milliy merosi bilan umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlarni bog’lagan holda amalga oshirishdir. Har bir millatning o’ziga xos meros va qadriyatlariga suyangan holda tarbiyashunoslik masalalarining milliy asosda yosh avlodga yetkazish mazmuni, shakli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir.
Pedagogika fanining maqsadi:
-Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning mavjud muammolarini xal qilish.
-Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondoshish.
-Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyat asoslarini e’tiborga olib, milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatini yaratish.
-pedagogika-tarbiashunoslik qoidalarini, qonunlarini ilg’or tajribalari asosida boyitib borish va yangi metodlarni izlashga tadbirlar belgilash.
-Bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarni shakllantirish masalalari.
-Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal qilish.
-«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni amalga oshirish.
Pedagogika fanining vazifalari:
-Sharq va g’arbda xalq yaratgan xalq ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg’or qoyalarini o’rganib, tahlil qilib, komil insonni shakllantirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniqlash, hamda tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik darajasi mezonlarini ishlab chiqish.
-pedagogika-tarbiyashunoslikdagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik jihatlarini ishlab chiqish va yangi pedagogik texnologiya elementlariga amal qilish.
-Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarni maktab amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak o’qituvchilarga o’rgatish.
-Xalq ta’limini boshqarish va unga rahbarlik masalarini chuqur o’rganib, bo’lajak o’qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling