Umumkasbiy fanlar bloki


Download 0.5 Mb.
bet6/28
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
pedagogika

Etika va estetika
Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo’limi bo’yicha ma’lumot beradi. Bu fan o’quvchining xulqi, odobi me’yorlarini aniqlash, belgilash hamda go’zallikni chin ma’noda tushuntirish, o’quvchi ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag’bat uyg’otish borasida pedagogika fani bilan aloqadordir. Fanlarni o’qitish yo’llari ham pedagogika fanining didaktikasiga aloqador, chunki har qanday fanni o’qitilish usuli shu fanning mazmuni, tizimini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Demak, pedagogika ayni bolalar anatomiyasi fiziologiyasi, bolalar gigienasi va pediatriya kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada bu fanlar bir-biriga chambarchas bog’liqdir.
Milliy pedagogika xalqimizning ma’naviy boyliklaridan biri bulib, u tarbiyaning maqsad va vazifalarini, shaxs kamolatini rivojlantirishda muhim yo’nalishlarni ifoda etuvchi bir qancha vositalarning majmuidir. CHunki unda xalqning avloddan – avlodga o’tib kelayotgan tajribalari va pedagogik bilimlari namoyon etilgan. Xalq pedagogikasi o’zbekona ahloq-odob va tarbiyaning barcha qirralarini o’ziga mujassamlantirgan. Xalq pedagogikada turli xil tarbiya usullari va vositalardan foydalaniladi, bu usul vositlar nihoyatda rang-barang bo’lib, ko’p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustinlik qiladi. Chunki bu usullar ilmiy pedagogikani shakllanishida ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Xalq pedagogikasida qo’llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1. Tushuntirish (o’rganish, odatlantirish, mashq qildirish).
2. Namuna (maslahat berish, uzr so’rash, yaxshiliklar haqida so’zlash, o’rnak bo’lish).
3. Nasihat berish o’gitlar undan (ko’ndirish, iltimos qilish, tilak, istak bildirish, maqullash, rahmat ayitish, duo qilish, oq yo’l tilash va hokazolar).
4. Jazolash (ta’qiqlash, gina, tanbeh berish, koyish, ayblash, uyaltirish, va hakozolar).
Agar sinchkilab qaralsa yuqorida keltirilgan to’rt xil usul umum bir yaxlitlikni ifodalaydi. Oldin bolaga umumiy manzara tushuntiriladi. Bolalar narsa va xodisalarga tushuntirrishlarda tarbiyachi namuna vositasini o’taydi. Ya’ni yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e’tibor beriladi. Unda ham tushunmagan kattalarni nasihati, o’giti orqali narsa va xodislarning mohiyatiga yotadigan bo’lishadi. Bordiyu bunda ham tushunmasa, yoki tushunishni istamasa unda qoralash va jazo usullaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Hozirgi zamon ilmiy pedagogikasi qoralash va jazoni so’nggi chora aniq kam samara beradigan chora ekanligini isbotlagan. Xalq pedagogikasining nodir namunalari tarbiyaviy usullari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Hasharlar, turli gurunglar, tug’ilgan kunni nishonlash, qizlar bazmi, yigitlar bazmi, musobaqalar, turli marosimlar va boshqalar o’ziga xos tarbiyaviy vosita vazifasini bajargan. O’quvchi yoshlarni tarbiyalashda milliy an’analar umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular o’z navbatida yangicha tarbiyaning o’zgacha muvofiq uslub va shakllarni taqoza etadi. Inson qalbiga ekilgan yaxshilik orada o’n yillar unib chiqadi. Buni ilmiy asoslab oldindan ko’ra bilish kerak.
Xalq pedagogikasi kishi aqli va qalbiga ta’sir etib, ularning ishida va turmushida, fe’l-atvori va odobida, mehr-shavqat, odillik, poklik, olijanoblik, xaqgo’ylik, halollik kabi fazilatlarni shakllantirgan.
Milliy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • xalq og’zaki ijodi.

  • milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar.

  • xalq o’yinlari va o’yinchoqlar.

  • diniy ta’limot.

  • xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi.

  • milliy musiqa va qo’shiqchilik san’ati, milliy cholg’u asboblari.

  • tasviriy san’at.

  • tarixiy yodgorliklar va milliy me’morchilik.

  • xalq raqs san’ati.

  • yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni kasb-hunarga yo’naltirish.

  • Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlari.

Xalq pedagogikasi o’quvchilarni xalqimizning urf- odatlariga, qadriyatlariga, diniga, tiliga, Vataniga, milliy va umuminsoniy boyliklariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashning asosidir.
Pedagogika fani inson manfaati, erkinligi va qadr-qimmatiga xizmat qiluvchi tinchlik, mehnat va ozodlik, adolat va baxt kabi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi, ulardan kelib chiqib O’zbekiston xalqi manfaatlariga suyanib qulay va asoslik yo’nalishlarni tadqiq etadi.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling