Umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi
Download 1.21 Mb.
|
2Ilmiy rahbar xulosasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning obʼekti sifatida
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat
Tadqiqotning vazifalari: muhandisning ilmiy-texnik taraqqiyot asosida loyihaviy-konstruktorlik kompetentligi mazmunini takomillashtirish;
bo‘lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishda muhandislik-grafik tayyorgarlik imkoniyatlarini o‘rganish orqali amaliy taʼlimni tashkil etish metodikasini takomillashtirish; bo‘lajak muhandislarda loyihaviy-konstruktorlik kompetentlikni rivojlantirish metodikasini ularning loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish modeli asosida takomillashtirish; bo‘lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi elektron taʼlim resurslari hamda o‘quv-uslubiy taʼminotini yaratish va amaliyotga joriy etish; bo‘lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o‘tkazish va olingan natijalarga matematik-statistik qayta ishlov berish. Tadqiqotning obʼekti sifatida- bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lajak muhandislarni tayyorlash jarayoni olingan. Tadqiqotning predmeti- bo‘lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: bo‘lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik kompetentligi mazmunini tizimli-faoliyatli yondashuv asosida chuqurlashtirish orqali ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashning funksional (didaktik, metodik, diagnostik) imkoniyatlari takomillashtirilgan; “effective practical result”, “team creative collections” va “buddying” kabi interfaol taʼlim metodlarining samarali imkoniyatlaridan foydalanish orqali umumkasbiy fanlaridan amaliy taʼlimni tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan; innovatsion xarakterli ijodiy-loyiha, for-eskiz, kombinatorika, dekonstruksiya, andozani gradatsiyalash, eskizni stilizatsiyalash va transformatsiyalash topshiriqlarini bajarish bosqichlari kasbiy ehtiyojlar va ish beruvchi talablarini maksimal qanoatlantirishga qaratilgan “NanoCAD”, “Marvelous Designer” kabi kompyuter dasturlaridan foydalanish orqali ishlab chiqilgan; talabalarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishga imkon beruvchi didaktik taʼminotini ishlab chiqish natijasida kasbiy tayyorgarlik darajalarini moslashish shartlari asosida baholash parametrlarini tarkibiy tashkil etuvchilari mazmuni (motivatsion-qadriyatli, ijodiy-faoliyatli, operatsion-texnologik) takomillashtirilgan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling