«umumkasbiy va iqtisodiy fanlar» kafedrasi metrologiya va standartlashtirish fanidan amaliy mashg
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
BAXORGI Metrologiya va standartlashtirish AMALIY (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Amaliy mashg‘ulot “Metrologiya to’g’risida”gi, “Standartlashtirish to’g’risida”gi va
- “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni tuzilmasini qisqacha tahlili
7 1-Amaliy mashg‘ulot “Metrologiya to’g’risida”gi, “Standartlashtirish to’g’risida”gi va “Maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi O’zR qonuni bo’yicha tushunchalar berish. Maqsad: Qonunlarning vazifasini va ularning tadbiq qilinishini o’rganish. Reja: 1. “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tuzilmasini qisqacha tahlili. 2. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar. 3. Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari. “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni tuzilmasini qisqacha tahlili Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish”gi Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi Respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. Shulardan biri, ya’ni “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonun ustida to‘xtalib o‘tamiz. Bu qonun Respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi. “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan. Mazkur qonun quyidagi bo‘limlardan iborat: 1 bo‘lim. Umumiy qoidalar (1-4.1 moddalar). 2 bo‘lim. Fizik o‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash (5- 8 moddalar). 8 3 bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari (9-11 moddalar). 4 bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati (12-19 moddalar). 5 bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash (20-21 moddalar). 1 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat: 1-modda. Asosiy tushunchalar. 2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zga qonun hujjatlaridan iboratdir. 3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar. Xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llanadi. 4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ - O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) amalga oshiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism). 4-1-modda. O‘lchashlarning yagonaligini ta’minlashga oid normativ hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari mumkin. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-2- son Qonuni tahriridagi modda). Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling