Umumrivojlantiruvchi mashqlarini bajarishda turli obrazlardan foydalanish


Download 100.53 Kb.
bet11/15
Sana06.10.2023
Hajmi100.53 Kb.
#1693595
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MAVZULARRR

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Yugurish – joydan-joyga kuchishning tabiiy usulimi?

  2. Yugurish bilan shug‘ullanish foydalari qaysilar?

  3. Yugurish – har tomondan jismoniy rivojlanishning asosiy vositasi hisoblanadimi?



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. N.Soatov, F.Nadjimov "Maktabda jismoniy tarbiya" 2015 yil.

  2. Salomova R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. -T., 2014.

  3. O.V.Goncharova. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish.

  4. L.A.Djalilova. Jismoniy tarbiya va sport tarixi.



MAVZU: KROSS TAYYORGARLIGI.


Reja:

  1. Kross haqida tushuncha

  2. Yo‘nalishni o‘zgartira borib past-balandliklardan yugurish

  3. 3000 m masofaga kross yugurish

Kross yugurish texnikasi oʻz xususiyatlariga ega. Yoʻlning notekisligi, keskin burilishlar, koʻtarilish va pasayishlar, turli toʻsiqlar yugurish ritmini buzadi. Bularning hammasi sportchidan yuksak ish qobiliyatini, oʻz harakatlarini toʻgʻri muvofiqlashtirish koʻnikmasini talab qiladi. Har xil gʻovlarni yengib oʻtish yugurishni qiyinlashtiradi, ammo uni yanada qiziqarliroq qiladi. Barcha kross masofalari, xuddi oʻrta, uzoq va oʻta uzoq masofalarga yugukrish kabi yuqori startdan boshlanadi. Startda “Startga!” buyrugʻi berilganidan keyin yuguruvchi egallaydigan holatlarning bir necha varianti mavjud. Ular yugurishni qanday tezlik bilan boshlash moʻljallanayotganiga, demak, masofaning uzunligiga qarab ham oʻzgarib turadi. Kross masofasi qanchalik qisqa va moʻljallanayotgan tezlik qanchalik yuqori boʻlsa, gavda shuncha koʻp egiladi va tana ogʻirligi oldinga oʻtkaziladi. Startdan tezroq otilib chiqish istagi boʻlgan sportchi startda oldinga chiqarilgan (yani kuchliroq) oyogʻiga qarshi tomonidagi qoʻliga tayanadi. “diqqat!” buyrugʻi bilan tana ogʻirligi oldinda turgan oyoqqa oʻtkaziladi, gavda esa muvozanatni tuttib turish uchun zarur boʻlgan darajada oldinga chiqariladi. “Marsh!” buyrugʻi (yoki oʻq otilish) bilan yugurish boshlanadi. Masofadagi yugurish texnikasi startdan olingan tezlik saqlab qolinishini ta‟minlab berishi shart. Yuguruvchi oldinga tejamli toʻgʻri chiziqli harakatni bajarishga intilib, siltanib yugurish texnikasini qoʻllaydi, u oyoqlarning erkin harakatlanishini va gavdaning sezilarsiz oldinga egilib turishini koʻzda tutadi. Etakchi guruhdan joy egallagan sportchi oʻziga xos yugurish sur‟ati va metodikaiga oʻtadi. Eng muhimi - sportchi mashgʻulotlarda oʻrganganidek harakatlarni erkin bajarishi lozim. Gavda eng qulay tarzda oldinga egilgan, qoʻllar tirsak boʻgʻimlarida bukilgan, sonlarning koʻtarilish bilandligi, qadamlar kengligi – odatdagidek. Oyoqlari qisqa boʻlgan past boyli yuguruvchi baland boyli sportchining keng qadamlariga moslashmasligi kerak.


Yugurishing yengil va erkinligi – yugurishdagi yuqori koʻrsatkichlarning zarur shartlari shular. Ravon tarzda, keng, bemalol tashlanadigan qadailar bilan yugurish yaxshi natija beradi. Qoʻl va oyoq harakatlari qat‟iy muvofiqlashgan boʻlishi zarur(bir vaqtda oldinga chap oyoq va oʻng qoʻl, keyin oʻng oyoq va chap qoʻl chiqariladi). Yuguruvchi asosan orqadagi oyogʻining rostlanishi va itarilishi hisobiga (ayni lahzada – itariluvchi oyoq) oldinga siljiydi. Yaxshi bajarilgan itarilishga gavda, qoʻllar va boshqa oyoqning (ayni lahzada -siltanuvchi) toʻgʻri holati muvofiq keladi. Depsinishdan keyin uchish (parvoz) bosqichi boshlanadi, bu paytda itariluvchi oyoq oldinga tortiladi., siltanuvchi oyoq esa rostlanib, yerga tushishiga tayyorlanadi. yer sirtiga tegish vaqtida siltanuvchi oyoq tizza boʻgʻimida bir oz bukilgan boʻlib, tuproqqa avvval uning tovoni tushadi, keyin kaftining tashqi cheti bosiladi, bu kuchning tejalishiga olib keladi. Lekin shugʻullanganlik darajasi ortib, yuuruvchilarning oyoq kafti hamda boldir mushaklari kuchga toʻlgach, yugurish chogʻida oyoqni dastlab uchiga qoyish keyin tovonga tushishi tavsiya etiladi. Bu vaqtda itariluvchi oyoq oldinga chiqariladi va qadamlar takrorlanadi. Boldirni sun‟iy ravishda orqaga siltash va uni oldinga keragidan ortiqcha chiqarishga yoʻl qoymaslik, oyoq kaftlari uchining tashqariga emas, ichkariga qaratib, yani harakatlanish chizigʻiga parallel tarzda qoyilishiga ahamiyat berish zarur. Sonlarni juda yuqori koʻtarish yaramaydi. Yugurish jiddiy vertikal tabranishlarsiz amalga oshirilishini kuzatib borish lozim, chunki ular yugurish paytida sarflanadigan quvvat umumiy miqdorining taxminan 75% qismini tashkil etadi. Agar yuguruvchi har bir qadamda tanasini 6-8 sm ga koʻtarsa, buning uchun sarflanadigan quvvat tana ogʻirligining koʻtarilish balandligiga koʻpaytmasiga teng boʻladi. Koʻrib turibmizki, kross yugurishda yengil vaznli yuguruvchi ustunlikka ega.



Download 100.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling