Umumrivojlantiruvchi mashqlarini bajarishda turli obrazlardan foydalanish


Download 100.53 Kb.
bet12/15
Sana06.10.2023
Hajmi100.53 Kb.
#1693595
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MAVZULARRR

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Yugurish – joydan-joyga kuchishning tabiiy usulimi?

  2. Yugurish bilan shug‘ullanish foydalari qaysilar?

  3. Yugurish – har tomondan jismoniy rivojlanishning asosiy vositasi hisoblanadimi?



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. N.Soatov, F.Nadjimov "Maktabda jismoniy tarbiya" 2015 yil.

  2. Salomova R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. -T., 2014.

  3. O.V.Goncharova. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish.

  4. L.A.Djalilova. Jismoniy tarbiya va sport tarixi.


MAVZU: KROSS TAYYORGARLIGI.


Reja:

  1. Kross yugurishda gavda holati

  2. Kross yugurishda nafas olish tartibi

  3. Past-balandliklardan yugurish



Gavda holati yengil nafas olishga va qoʻl-oyoqlarning erkin holatlariga halal beradigan taranglikdan butunlay holi boʻlishi shart. U biroz oldinga egilgan, bel qismi esa sezilarsiz orqaga kerilgan. Boshni toʻgʻri tutish, boyin mushaklarini boʻshashtirish lozim. Tirsakda taxminan 900 burchak ostida bukilgan qoʻllar (panjalar musht koʻrinishida, ammo zoʻriqtirilmagan) navbatma-navbat oldinga iyak sathidan baland koʻtarilmagan holda, orqaga imkon qadar harakatlanib, gavda atrofida biroz aylanadi. Joyning shart-sharoitidan kelib chiqib, yuguruvchi yugurish xususiyatlarini oʻzgartirib turishi va bir necha qadam oldinni koʻrib turishi, oyogʻi tushadigan joyga e„tibor bilan qarab borishi kerak. Tekis, silliq tuproqda sportchi erkin, siltanuvchi qadamlar bilan yuguradi, oyoq kaftlari yumshoq tarzda uchiga qoyilib, keyin tovonga tushiladi. Qattiq toshloq yerda qadamlar biroz qisqartirilgani yaxshi. Tovonlar lat emasligi uchun oyoq uchi avval yerga tushishi lozim. Agar yumshoq tuproq yoki qumdan yugurishga toʻgʻri kelsa, tez-tez yoki qisqa qadam tashlab yugurgan ma‟qul. Tayanch maydoni kattaroq boʻlishi va oyoq qumga botib ketmasligi uchun uni butun kaftiga qoyish zarur. Tayangan holatda itariluvchi oyoqni toʻliq rostlamaslik, ya‟ni kuchli itarilmaslik kerak. Sonlarni balandroq koʻtarish tavsiya etiladi. Agar yoʻlda loyli, sirgʻanchiq joylar uchrasa, yana tez-tez mayda qadam tashlab yuguriladi, oyoq uchlari esa yerga birmuncha ichkariga qaratib tashlanadi. Ba‟zan bunday joydan tezkor qadamlar bilan oʻtib ketish osonroq Tepalikka qisqa qadamlar bilan gavdani oldinga egib koʻtarilish lozim. Juda tik tepalielarga qadam tashlab, buning ustiga toʻgʻri chiziq boylab emas, balki qiyalab yoki mokisimon yoʻnalishda koʻtarilish maqsadga muvofiq. Tepalikdan pastga katta qadamlar bilan, boldirlarni oldinga juda uzoq tashlamasdan yugurish qulayroq, negaki, qiyalik tufayli qadamlar shunday ham uzunroq boʻladi. Pastga tushish vaqtida gavdani orqaga egish, oyoqlarni tovondan boshlab butun kaftiga qoyish kerak. Tik tepaliklardan qadam tashlab, toʻgʻri yoki qiyalab tushgan osonroq. Kichikroq ariqlar, chuqurlar va jilgʻalarni (2-3 m.gacha) yugurib kelib bir oyoqdan ikkinchisiga sakrab oshib oʻtiladi, bunda toʻxtab qolish tezlikni pasaytirish mumkin emas, aksincha, sakrash oldidan uni birmuncha oshirgan ma‟qul, yerga tushganda toʻxtab qolmaslik, gavdaning egilgan holatini saqlab qolish joiz. Suvsiz keng ariqlar, jarliklarning, yaxshisi, tubidan yugurib oʻtish kerak, ammo nafas olish ritmini buzmaslik tavsiya qilinadi. Pastroq devorlar, toʻsiqlar, gʻovlar, agʻdarilgan daraxtlar ustidan, agar tuproq yaxshi boʻlsa, “gʻovlar osha” qadam tashlab oshib oʻtish, ularni bosmaslik yoki ir oyoq bilan bosish mumkin. Balandroq toʻsiqlarni tayanib sakrash yoʻli bilan –bir qoʻl va unga qarshi tomondagi oyoqqa tayangan holda oshib oʻtish lozim. Masalan, oʻng qoʻl va chap oyoq bilan toʻsiqdan itarilib, oʻng oyoqni chapi tagidan olib oʻtiladi va yerga oʻng oyoqqa tushilib, yugurish davom ettiriladi. Oʻrmon yoki butazor boylab yugurganda oyoqlar ostiga ayniqsa diqqat bilan qarash, qoʻllar bilan esa yuz va gavdani shox-shabbalar urilishidan himoya qilib borish maslahat qilinadi. Har qanday sportchi toʻgʻri nafas olish nima ekanini yaxshi biladi. Shuning uchun nafasni yoʻlga qoyishga juda jiddiylik bilan, oldindan, musobaqalardan ancha ilgari, birinchi mashgʻulotdan boshlaboq kirishish kerak. Chuqur, erkin, bir maromda nafas olish, tez-tez, qisqa-qisqa nafas olishdan qochish lozim. Odatda, koʻp yuguruvchilarkross masofalarida har 3-4 qadamda bir nafas olib, 3-5 qadamda nafas chiqaradilar. Lekin charchoq paydo boʻlgani zahoti nafas tezlashadi, demak, yuzakiroq boʻlib qoladi. Shuni yodda tutish kerakki nafas chiqarish qancha toʻla boʻlsa, nafas olish shuncha chuqur va demak toʻlaqonli boʻlishi zarur, yani nafas olishning chuqurligi nafas chiqarishning toʻlaligigiga bogʻliq. Yugurish chogʻida krossmen ogʻzi orqali nafas olib chiqarishi mumkin. Biroq havo sovuq boʻlganida burun orqali nafas olish kerak.



Download 100.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling